Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 38 library.ziyonet.uz/ Meni holimni onglardin yiroq qil, Necha behush esam, behushroq qil. XLI Farhodni ul xaylning Xusrav qoshigʻa yetkurgoni va Xusrav aning boshidan-ayogʻigʻacha salosil va agʻlol hukmi surgoni va Buzurg Ummid hikmat bila ul bandlargʻa muqayyad devona dimogʻigʻa hush keturgoni va Xusrav hujjat yuzidin anga soʻz qotqoni va Xusravning savoloti shishalarin javoblari xorolari bila ushotqoni va aning bu nav’ qattiq soʻzlari sangboronidin Xusravning koʻnglidogʻi savollari shishasidek sinib aning qatligʻa jozim boʻlgʻoni va ul muhlik soʻzlari himoyati bila qatldin qutulgʻoni Bu bexudligʻ yoʻlining hushmandi, Boʻlur bu nav’ ma’ni naqshbandi Ki, chun Farhodni ul xayli cholok, Shah olligʻa yeturdilar tarabnok. Boʻlub Xusrav ul ishdin shodmona, Ato aylab alargʻa xusravona; Dedi, majnungʻa soldilar ogʻir band, Iki ilgin qilib band uzra rayvand. Majonindek muqayyad qildi hosil, Bori a’zosin agʻlolu salosil. Buyurdikim hakim oʻlub hamogʻush, Kiyurdi notavonning magʻzigʻa hush. Koʻzin chun ochti ul majnuni bexud Ki, boʻlmish erdi majnundek muqayyad. Oʻzin koʻrdi ajoyib hol ichinda, Salosil qaydida, agʻlol ichinda. Boshida xusravoyin borgohi, Turub atrofida xaylu sirohi. Toʻrida borgahning bir biyik taxt, Aning ustida bir shohi javonbaxt. Ayogʻi ostida taxti Kayoniy, Boshi ustida toji Xusravoniy. Taajjub birla oning sori boqib, Boshini irgʻotib, ilgini qoqib. Qilib gah ishqi oyinida gʻayrat, Yetib gah haykalu shaklida hayrat. Yaqin bildi chu boʻldi fikratandesh Ki, ne fe’l aylamish charxi jafokesh. Oʻzin solmay xidevi gʻayratoyin, QOʻpub oʻlturdi solib qoshigʻa chin. Adab birla hayo rasmin qilib fosh, Burun indurdi majlis ahligʻa bosh. Chu da’bi yoʻq edi soʻrmay demak soʻz, Ogʻiz soʻzdin tikib, tikti quyi koʻz. Shukuhidin yetib Xusravgʻa tagʻyir, Qilib ishqi oʻti koʻngligʻa ta’sir. Unutti aylamakni qatlu bedod, Anga boqib takallum qildi bunyod. Dedi: Qaydinsen, ey majnuni Kimrahgʻ Dedi: Majnun vatandin qayda ogah. Dedi: Nedur sanga olamda reshagʻ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling