Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
39 
library.ziyonet.uz/ 
 
Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha.  
Dedi: Bu ishdin oʻlmas kasb roʻzi,  
Dedi: Kasb oʻlsa basdur ishq soʻzi.  
Dedikim: Ishq oʻtidin de fasona!  
Dedi: Kuymay kishi tormas nishona.  
Dedikim: Kuymagingni ayla ma’lum!  
Dedi: Andin erur joh ahli mahrum!  
Dedi: Qay chogʻdin oʻldung ishq aro mastgʻ  
Dedi: Ruh ermas erdi tangʻa rayvast.  
Dedi: Bu ishqdin inkor qilgʻil!  
Dedi: Bu soʻzdin istigʻfor qilgʻil!  
Dedi: Oshiqqa ne ish koʻp qilur zoʻrgʻ  
Dedi: Furqat kuni ishqi baloshoʻr.  
Dedi: Ishq ahlining nedur hayotigʻ  
Dedi: Vasl ichra jonon iltifoti.  
Dedikim: Dilbaringning de sifotin!  
Dedi: Til gʻayratidin tutmon otin!  
Dedikim: Ishqigʻa koʻnglung oʻrundurgʻ  
Dedi: Koʻnglumda jondek yoshurundur.  
Dedi: Vasligʻa borsen orzumandgʻ  
Dedi: Bormen xayoli birla xursand.  
Dedi: Noʻshi labidin torqay el bahrgʻ  
Dedi: Ul noʻshdin el qismidur zahr.  
Dedi: Joningni olsa la’li yodigʻ  
Dedikim: Ushbudur jonim murodi.  
Dedi: Koʻksungni gar chok etsa bebokgʻ  
Dedi: Koʻnglum tutay ham ayla deb chok!  
Dedi: Koʻnglung fido qilsa jafosigʻ  
Dedi: Jonimni ham aylay fidosi.  
Dedikim: Ishqdin yoʻq juz ziyonbud!  
Dedi: Bu keldi savdo ahligʻa sud.  
Dedi: Bu ishq tarki yaxshiroqdur!  
Dedi: Bu sheva oshiqdin yiroqdur!  
Dedi: Ol ganju qoʻy mehrin nihoni!  
Dedi: Tufroqqa bermon kimyoni!  
Dedi: Joninggʻa hijron kinakashdur.  
Dedi: Chun bor vasl ummidi xushdur.  
Dedikim: Shahgʻa boʻlma shirkatandesh!  
Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvesh!  
Dedi: Joninggʻa bu ishdin alam bor!  
Dedi: Ishq ichra jondin kimga gʻam borgʻ  
Dedi: Kishvar beray, kech bu havasdin!  
Dedi: Bechora, kech bu multamasdin!  
Dedi: Ishq ichra qatling hukm etKim!  
Dedi: Ishqida maqsudumgʻa yetKim.  
Dedi: Bu ishda yoʻq sendin yiroq qatl!  
Dedi: Bu soʻzlaringdin yaxshiroq qatl.  
Nechakim boʻldi mushkil soʻz xitobi,  
Base oson anga yetti javobi.  
Chu Xusrav koʻrdi bu yangligʻ tahavvur,  
Takallum aylamak sochqon kibi dur.  
Bir oʻt tushti ichiga bexudona  
Ki, otashgohidek chekti zabona  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling