Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Sifatlash – tasvir etilayotgan inson, predmet, narsa, hodisaning muhim belgisi (xislati, xususiyati
o’ziga xosligi)ni ko’rsatuvchi (izohlovchi, xarakterlovchi, ajratuvchi) so’z bo’lib, u aniqlanmishga 
sifatlovchi belgisini ko’chiradi:
Xalqim deb yugurar hovuchlab jonin 
Xalqiga bag’ishlar shavkatin-shonin 
Lekin shu chopishda keta-ketguncha, 
Tozalab boradi xalqning hamyonin. 
(A.Oripov) 
Abdulla Oripovning ushbu to’rtligida xalqni bahona qilib jonini hovuchlab, tinimsiz yuguruvchi, 
go’yo unga shavkatu shonini bag’ishlovchi odamlar tipi umumlashtirilganki, ularning bosh xislati-
xalqning hamyonini o’pirishdir. Bu mazmun sifatlish san’ati orqali obrazlilik va emosionallik kasb 
etgani uchun, bunday yulg’uchlar qiyofasini aniq va yaqqol ko’z o’ngingizga keltirasiz.
Badiiy – tasviriy vositalarning son-sanog’iga yetish qiyin. Uning metafora, metonimiya, 
allegoriya, simvol, sinekdoxa, istiora, perefroza, ironiya kabi san’atlaridan tashqari, mumtoz 
adabiyotimizda uning yuzlab ko’rinishlari ham bor: tashbih, iyhom, tanosib, tazod, talmih, tazmin, 
husni ta’lil, irsoli masal, tajnis, tamsil, loff va nashr, tardu aks, taqsim, tafriq kabi.
Badiiyat sirlarini chuqur o’rganmoqchi bo’lgan mutaxassis bu san’atlarni bilishi lozim. Ularga 
V.Rahmonovning “She’riy san’atlar” (1962), A.Xojiaxmedovning “She’riy san’atlar va mumtoz 
qofiya” (1998) kitoblari qo’l keladi, chunki ularda ma’naviy va lafziy san’atlarning ko’pchiligi haqida 
dastlabki nazariy ma’lumotlar umumlashtirilgan. Sizdagi qiziqishni orttirish maqsadida ma’naviy
san’atlarning vakili-“tazmin”ga va lafziy san’atlardan - “musoviyat tarafayn”ga qisqacha to’xtalamiz. 
Tazmin  (ar. “bir narsani ikkinchi bir narsa orasiga qo’ymoq”)da san’atkor yaratilayotgan asariga 
boshqa biror shoirning kuchli ta’sir qilgan misra yoki misralarini o’zgartirishsiz kiritadi; faqat buning 
sharti bor: yaratilayotgan asardagi bosh g’oyaga mos bo’lishi, uning mohiyatini chuqurroq va 
ta’sirchanroq ochishi lozim. Jumladan, Mashrab o’zining
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma
Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma 
G’am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. 
tarzida boshlanuvchi g’azalida Lutfiyning mashhur 
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, 
Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma 
baytini aynan keltiradi.
Zulfiya ham “O’rik gullaganda” she’rida 
“Terazamning oldida bir tup,
O’rik oppoq bo’lib gulladi...” 
Gulni ko’rib ishqparast qalbim, 
Ming aytilgan darddan kuyladi. 
 
deb yozar ekan, sevimli yori hamid Olimjonning shu nomdagi she’rining birinchi ikki misrasini aynan 
keltiradi. Uning she’rini eslatish, xotirlash orqali uni qumsaganini, unga mushtoqligini hayajon-la 
kuylaydi. hamma yerda uning izlarini, ko’zlarini, qo’shig’ini ko’radi, hijron harorat beradi, sevgisining 
kuchi ortadi... 
Bunchalik mashhur misra va baytlarni shoirlarning asarlarida takrorlanishi - ayb sanalmaydi
balki uning asosida ustoz shoirlarga hurmat yotadi, ularning mahoratlariga qoyil qolishlikni bildiradi. 
Yuqorida aytganimizdek, “Mehr qolur” asaridagi “Yulduzlar ko’z yoshi samoni” misrasi 
qo’shtirnoq ichida berilganda, nur alan nur bo’lardi. “Nimadir yetishmayotgani” ni izlamagan bo’lardik 
(Qarang-a, asardagi bitta qo’shtirnoq qanchalik ahamiyatlihhh ). 


88 
Muhammad Yusufning Alisher Navoiyni ustoz sanagani, uning ijodini chuqur o’rganganini va 
bilganini isbotini ko’rgan bo’lardik. Va biz shundayligiga ishonamiz, uning asarlari qayta nashrida bu 
xato to’g’rilanadi, degan umiddamiz.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling