Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralgangimda


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralgangimda, 
Yoki bir she’r armonida yuz bir ko’rolganimda, 
O’zbekiston tonglarini bedor kutgan ko’zlarim, 
Tengsiz tonglar falsafasin tashna yutgan ko’zarim 
Ko’zlarimga chegarada shay askarday qo’riqchi, 
Ko’zlarimga olis Bobur g’ussasiday yo’riqchi, 


100 
Ey, aziz kipriklarim. 
 
Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari... 
Kiprigimday azizlarim, nechog’li ham suyuksiz, 
Armonimday buyuksizh
6.Takror – ayrim so’z va iboralarning, ba’zan misralar yoki bir necha misralarning muayyan bir 
tartib asosida qayta-qayta qo’llanilishidir. Takrorlar asardagi poetik maqsadni ro’yobga chiqarish 
uchun, unga mos tarzda fikrni goh bo’rttiradi, goh kuchaytiradi, goh detalllashtiradi, goh bosh diqqatni 
qaratadi. Takrorlarning ko’rinishlari ko’p, hozircha ulardan ikkitasini o’rganamiz.
Apafora – she’riy misralarning yoki nasriy gaplarning boshida bir xil so’z va iboralarning, 
tovushlarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladi.
Olamning chirog’i – Quyosh bor bo’lsin, 
Oy, yulduzlar doim unga yor bo’lsin, 
Olam uzra ziyo barqaror bo’lsin,
Chiroq yoniq tursin,
Chiroq yoniq tursinh 
 
Ziyo bo’lsin doim yuragimizda, 
Ziyo bo’lsin doim qarog’imizda, 
Ziyo pilik bo’lsin chirog’imizda, 
Chiroq yoniq tursin,
Chiroq yoniq tursinh 
 
Chiroq – davlat emas, shukuh muruvvat
Chiroq – g’aflat emas, bedorlik, da’vat, 
Chiroq – nafrat emas, mehr-muhabbat, 
Chiroq yoniq tursin,
Chiroq yoniq tursinh 
 
Insonning qo’lida chirog’i bo’lsin, 
Insonning dilida chirog’i bo’lsin, 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling