Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Assonans (lat. Assonare - homohang) – satr, misra va banda bir xil unli tovushlarning  takrorlanishidir:  Botirlari kanal qozadi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Assonans (lat. Assonare - homohang) – satr, misra va banda bir xil unli tovushlarning 
takrorlanishidir: 
Botirlari kanal qozadi 
Shoirlari g’azal yozadi 
(h.Olimjon) 
Dissonans (fr. Dissanange – nouyg’un tovush) – och qofiyadagi faqat undosh tovushlarga 
asoslangan moslikdir:
Shaharlarga ishga chiqib el, 
Odam bilan to’lar Tekstil. 
 (h.Olimjon) 
Monorim (fr. Monorime – yagona qofiya) – g’azal, qasida, qit’a, ruboiy, fard va boshqa lirik 
janrlardagi qofiyaga tegishli bo’lib unda raviy (tovush) butun asar davomida aynan takrorlanadi: 
Azim ayla sabo ul gulu xandonimg’a, 
Ne gulki, quyoshdek mohi tobonimg’a. 
(Alisher Navoiy) 
“Xandonimg’a - tobonimg’a” qofiyasidagi “n” tovushi raviy sanaladi... 
Xullas, badiiy asar tilining o’rganilishi zarur bo’lgan xislat va fazilatlari, qonun va qoidalari 
ko’p. Mikro (jajji) obraz sanalmish so’zning qudrati beqiyos. Faqat so’zni, gapni asar matnidan yulib 
olib tahlil qilmaslik shart, u asar (jonli organizm) ichida, boshqa unsurlar (hujayralar) bilan 
hamkorlikda, o’zaro mustahkam aloqada yashar ekan, demak, u tirik holi (aloqa)da o’rganilishi lozim. 
Ana shundagina u o’zligini namoyon etadi, yaratish va ijod etish qudratini ko’rsatadi, qudratidan yangi 
olamlar – komil insonlar dunyoga kelishini yaqqol isbot qiladi. 
Tayanch tushunchalar 
Stilistik sintaktik vositalar. Intonasiya. Ritorik murojaat. Ritorik so’roq. Antiteza. Parallelizm. 
Takror. Anafora. Epifora. Apostrofa. Ellipsis. Inversiya. Poetik fonika: alliteratsiya, assonans
dissonans, monorim. 


104 
Savol va vazifalar 
1. Stilistik figuralarni qanday tushunasiz? 
2. Stilistik vositalarning har birini o’rganib, yangi misollar toping. 
3. Stilistik vositlarning yana boshqa qo’rinishlari (klimaks, magistral kabi)ni izlang. Ularni misollar 
bilan boyitib, mashq daftaringizga qayd eting. 
4. Poetik fonika va uning san’atlarini tahlil qiling. 
Adabiyotlar 
1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 140-144 betlar. 
2. E.Xudayberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1995, 132-140 betlar. 
3. A.hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. T., “Sharq”, 1998. 
4. N.hotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha – o’zbekcha izohli lug’ati. T., 
“O’qituvchi”, 1979. 
5. O’zbek stilistikasi, T., “O’qituvchi”, 1993. 
6. I.Yormatov. O’zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O’quv qo’llanma), T., 1994, 129-150- betlar. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling