Mavzu: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy tarbiya vositalari reja kirish
Download 89.4 Kb.
|
1. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AXLOQIY TARBIYA VOSITALARI. 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi
MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AXLOQIY TARBIYA VOSITALARI REJA KIRISH ASOSIY QISM: 1. Axloqiy tarbiya haqida umumiy tushuncha. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishning mazmun- mohiyati va vazifalari. 3. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari. 4. Oilada bolalarga axloqiy tarbiya bеrishning psixologik xususiyatlari va vositalari 5. Axloqiy tarbiya metodlari. III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Axloq kishilarning xulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning ohz-ohziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarini ohz ichiga oluvchi ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida ajdodlar tomonidan tohplangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Axloq yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi muammolar haqida baxs yuritib, insonlarni kamolotga erishish yo`lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo`lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi olamini o`rganish, bilish, tahlil qilish, g`oyatda murakkab bo`lib, bu ruhiyat bilan boghliq holatdir. Axloqli, odobli, komil insonda odamiylikning eng yaxshi hislatlari: mehr- muhabbat, rahm-shafqat, adolat-u diyonat, hayo-iffat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bohladi. Ayni paytda shu xislatlarning aksi beburd, axloqsiz kimsalar fe’lida ko`rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obroh-shuhrati kishilarning axloq-odobi, yaxshi xislat va fazilatlari bilan belgilanadi. Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Aratsu bola tarbiyasini jamiyat o`z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g`oyani ilgari surgan. Jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qo`shilishini ta'minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni yetuk va malakali yoshlarsiz hal etib bo`lmaydi. Shu bois respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va vazifasi inson va uning har tomonlama o`sib ulg`ayishi, kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini, ularning ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirishga qaratiladi. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o`zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Shu jihatdan olib qaralganda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida muhim o`rin tutadi. Maktabgacha ta'lim – bola tug`ilganidan to etti yoshgacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini, maktabgacha ta'lim muassasa sharoitida talim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini o`z ichiga oladi. “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da esa “...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish” masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yildi”.1 Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi. Download 89.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling