Mavzu: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy tarbiya vositalari reja kirish


Download 89.4 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi89.4 Kb.
#1563561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AXLOQIY TARBIYA VOSITALARI. 2023

Axloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg’unlikda mavjud bo’la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko’p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilarning hamkorlikdagi yashashida uyg’unlikka intilib kelgan. Axloq me’yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan.
Axloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi elementi ideallarni esa, shaxs o’zida tarkib toptirishni xohlagan me’yor va sifatlar tarzida ajratib ko’rsatish mumkin.
Me’yor – bir turdagi xulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o’zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq-atvorning ko’plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi.
Qadriyatlar – ijtimoiy munosabatlar va jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahamiyatli fazilatlari, moddiy va ma’naviy meros. Qadriyatlar xilma-xil tasnifga ega bo’lib, eng umumiy tarzda mutlaq va nisbiy qadriyatlar farqlanadi. Absolyut qadriyatlar, ya’ni umumahamiyatli (ob’ektiv) tavsifga ega bo’lib, ular o’zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtai nazardan, turlicha munosabatlar va barcha sub’ekt uchun ijobiy xususiyatga ega. Ulardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham mavjud bo’lib, ular faqat qandaydir munosabat bilan yoki ma’lum bir sub’ektlar uchungina ijobiy tavsifga ega bo’ladi.
Axloqiy tarbiya yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o’zaro bog’liq vazifani shart qilib qo’yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar, ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko’rinishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablarni ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o’z xatti-harakatlarini yo’naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek, ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo’ya bilishi va ularning xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog’liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’tiqod, ma’naviy moyilliklar, his-tuyg’ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlarni shakllantirishdan iborat bo’lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) bolalarda axloqiy his-tuyg’ular va xatti-harakat ko’nikmalarini shakllantirish; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni tarbiyalash; 3) axloqiy xulq-atvor ko’nikmalarini rivojlantirish.
MTMda axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
- kichik, o’rta, katta guruh bolalari uchun sodda elementlar axloqiy tushunchalar xaqida ma’lumot berish;
- har bir o’rgatiladigan u yoki bu fazilatlarni rasmlar, mulьtik tasmalar, diopozitivlar va bolalarni jonli harakatlari orqali tushuntirish;
- bola doimiy ravishda “nima yaxshi-yu, nima yomon?” so’zining ma’nosini anglab o’z fikrini sodda bayon etishi”2.
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
- axloqqa doir tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
- ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
- axloqiy tarbiya ishini hayot va amaliyot bilan bog’lab olib borish;
- bolalarning faolligi;
- jamoada tarbiyalash;
- tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi;
- tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi;
- oila, MTM, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi;
- boladagi ijobiy sifatlarga suyanish;
- bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish.
Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari: tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlarining o’rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun psixik jarayonlarga (motivatsiya, anglash, interiorizatsiya va b.) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Axloqiy tarbiyani amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. O’zaro to’g’ri munosabat uslubi:
a) jamoaning katta a’zolari o’rtasida;
b) pedagogik va ota-onalar jamoasi o’rtasida;
v) kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabat, kattalarning bolalarga munosabati. Kattalar(pedagoglar)ning bolalarga nisba-tan insonparvarlik tamoyilida, o’zaro hamkorlik, o’zaro yordam, hurmat munosabatida bo’lishi eng muhim shart-sharoit hisoblanadi.
2. MTMda o’rnatilgan qat’iy kun tartibi.
3. MTMda o’z tengdoshlariga va boshqa kishilarga nisbatan ijobiy hissiy munosabatni yuzaga keltiruvchi muhit yaratish.
4. Bolalarni axloq me’yorlari va qoidalariga o’rgatish hamda shular asosida bola shaxsida ijobiy axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash.
5. Jamoada hamma bolalar uchun teng sharoit yaratish va bolalar jamoasi o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish.
6. Kun davomida bolalarning xilma-xil qiziqarli faoliyatlarini tashkil etish.
7. Bolalarni ijobiy axloqiy xulqini mashq qildiradigan shart-sharoit tug’dirish.
8. MTM bilan oilaning hamkorligi va boshqalar3.
Axloqiy tarbiyaga zamonaviy (shakllantiruvchi, madaniyat-shunoslik, aksiologik, ijtimoiylashtiruvchi, germenevtik, siner-getik, antropologik) yondashuvlar tahlili axloqiy tarbiyaning quyidagi pedagogik sharoitlarini samarali vositalar sifatida ko’rsatish uchun asos bo’ladi:
- o’yin, muloqot, faoliyat jarayonida tabiiy ijtimoiy-axloqiy moslashuv;
- psixologik muhitni yaratish;
- dialog, hamkorlik;
- axloqiy qoidalar, hodisalarga qadriyatli munosabatni shakl-lantirish;
- tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil qilish;
- ijtimoiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirish;
- axloqiy tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchlari sifatida qarama-qarshiliklarni aniqlash va bartaraf qilish;
- emotsional kechinmalarni uyg’otish;
- tarbiyalanuvchilarning ichki potentsialini ochib berish;
- axloqiy o’zgarishlarni doimiy tashxislash.
MTM tarbiyalanuvchilarining axloqiy tarbiyalashda aniq mezonlarga asoslanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola:
- O’zbekiston Respublikasida yashayotganini bilishi;
- o’zi haqida qayg’urishi, o’zining narsa-buyumlarini asrab-avaylashi, gullarni va uy hayvonlarini parvarishlay olishi;
- ota-onasi, aka-uka, opa-singil, bobo-buvi, o’rtoqlari, tabiatni va butun tiriklikni sevishi;
- MTMdagi qiz va o’g’il bolalar bilan o’rtoq bo’lishi;
- uyda, MTMda va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga doir topshiriqlarni bajarishda mehnatsevar bo’lishi;
- tartibsizlik, ifloslik, nohaqlik, yomonlik, qizg’anchiqlikka qarshi turishi;
- uyda va MTMda foydalaniladigan narsalar, non, elektr toki, suv kabilarni asrab-avaylashi;
- kattalar, ota-onasi, o’rtoqlariga yordam berishi;
- rasm chizish, qo’shiq va she’r aytish, raqs tushish, yangi o’yinchoq va o’yinlarni yarata olishi lozim.


Download 89.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling