Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


bo’lib o’tgan voqeaning hikoyachisi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

bo’lib o’tgan voqeaning hikoyachisi tarzida ish ko’radi. Jumladan, “O’tgan kunlar”dagi voqealar 
XIX asrning ikkinchi yarmida bo’lib o’tadi va uni A.Qodiriy XX asrning yigirmanchi yillari 
(1926)da hikoya qiladi. 
3. Hajmi va tashqi ko’rinishi jihatidan. Eposning hamma xislatlarini o’zida jamlagan 
romanni ko’rsak, u hajman katta asardir. Tashqi ko’rinishi jihatidan u ko’plab bo’lim va boblardan 
iboratdir. 
4. Xarakter. Hayot bir azim daryo bo’lsa, epos shu azim daryoni butun ko’lami va salobati 
bilan qamrab olishga harakat etadi (I.Sulton). Ana shunday ko’lamdorlik va voqeabandlik 
tasvirlanayotgan xarakterlarning ham barcha yetakchi qirralarini (tug’ilgandan to vafotigacha 
bo’lgan hayot yo’li va faoliyatini ko’rsatish orqali) kashf etishga, g’oyaga muvofiq tarzda ikir-
chikirigacha batafsil tasvirlashga imkoniyat tug’diradi. 
Jumladan, Tohir Malikning ta’kidlashicha, u to’rtta kitobdan iborat yaxshi qissa – “Shaytanat” 
ustida 17 yil (asarni 1984 yilda boshlagan) ishlagan, unda salkam 200 ta obraz bor, shulardan 50 tasi 
asosiy obrazlardir (“Ma’rifat” gazetasi, 1 dekabr 2001 yil).
5. Syujet. “Voqea – xarakterni ko’rsatish” (R.Uellek va O.Uorren) san’ati ekan, xarakterni 
ochish vositasi – syujetdir, syujet o’z navbatida asardagi obrazlarning o’zaro aloqalari, ularning 
tashkil topib borishi va rivojlanishi tarixidir. Shu sabab u eposda to’lib-toshib yashaydi. Epos ko’p 
hayotiy tafsilotlarni yoqtirgani uchun syujet barcha imkoniyatlarni ochib beradi. Syujet asarning 
mavzuiga, g’oyasiga muvofiq yaratiladi, ya’ni u asardagi voqealar mantig’idan xarakterlar mantig’i, 
xarakterlar mantig’idan voqealar mantig’i kelib chiqadigan universal qonuniyatga bo’ysinadi. 
Xarakter va voqea o’rtasidagi uyg’unlik, hamkorlik shu darajada bo’lishi lozimki, voqea xarakterni 
yaqqol ko’rsatishga, xarakter o’z navbatida voqea (tipik sharoit)ning mohiyatini tushunishga kalit 
bo’lishi lozim. Pirovardida shu kalit g’oyaning tirikligini, yuquvchanligini ochishi shart. Shu 
qonuniyat asosida epik asarda (masalan, “O’tkan kunlar”da uchta yo’nalishdagi voqealar...) 
syujetning ko’plab yo’nalishlari bo’ladi va voqealar silsilasi muayyan bosqichlar (muqaddima – 
dastlabki holat – tugun – voqea rivoji – kulminasion cho’qqi – yechim - xotima) bilan o’sib boradi. 
6. Badiiy til. Eposda muallif nutqi va personajlar nutqi bir-biri bilan murakkab bog’lanishda 
to’liq voqye bo’ladilar. Muallif barcha asarlarining hikoyachisi bo’lgani sabab, u “qo’mondonlik” 
vazifasini bajaradi: har bir personajning o’rnini, o’y-kechinmalarini, fikr-mushohadalarini, shart-
sharoitni... so’zlar orqali tasvirlaydi, asardagi fikr-g’oyaning ro’yobi yo’lida ularni harakatga soladi. 
Bu holatlarni bir-biriga bog’lab, kitobxonga tushuntiradi. Ayni paytda, ma’naviyati, salohiyatini 
ta’sirchan qilib ochib beradi. Chunki har bir odamning nutqida uning bo’yi-basti (ruhiy kayfiyati, 
his-tuyg’ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so’z-xarakter ko’zgusi sanaladi”. 
LIRIKA 
V.G.Belinskiy yozganidek, “lirik asarning mazmuni ob’ektiv voqeaning taraqqiyoti emas, 
uning mazmuni - subyektning o’zi va u orqali o’tgan hamma narsadir... kishini mashg’ul etgan, 
to’lqinlantirgan, shodlatgan, qayg’uga solgan, zavqlantirgan, tinchitgan, hayajonlantirgan nima 
bo’lsa, qisqasi, subyektning ma’naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa, subyekt ichiga nima 
kirsa, unda nima paydo bo’lsa, shularning barchasini lirika o’zining qonuniy boyligi kabi qabul 
qiladi” (Tanlangan asarlar, 184-bet). 
Demak, lirikaning bosh xislati shoir qalbida yuz beradigan kechinma, shu kechinma uyg’otgan 
tuyg’ularni so’z orqali voqye qilish san’atidir.


106 
1. Muallifning hayotga munosabati nuqtai-nazaridan. San’atkor “o’z shaxsini 
o’zgartirmasdan, o’z-o’zligicha qoladi”(Aristotel). “Bunda poeziya ichki dunyo elementida, 
sezuvchi va fikrlovchi xayol doirasida qoladi; bunda ruh tashqi reallikdan o’tib, o’z ichiga o’zi 
yashirinadi va tashqi dunyoni o’zida aks ettirgan ichki hayotning mislsiz jilo va jilvalarini poeziyaga 
hadya etadi. Bunda shoirning shaxsiyati birinchi planda namoyon bo’ladi, biz hamma narsani faqat 
va faqat u orqaligina qabul etamiz va anglaymiz” (V.Belinskiy). Bu shaxsiylik, subyektivlikdir. 
2. “Vaqt hissi” nuqtai-nazaridan. Lirik asarni: 
Sensiz menga sabrdan o’zga nuqson yo’q, 
Dilda hijroningdan o’zga armon yo’q, 
Jonimda shu darddan o’zga xirmon yo’q, 
Yo’q, yo’q, sabr ham yo’q, dil ham yo’q, jon yo’q! 
(A.Navoiy “Devoni Foniy”) 
deya o’qir ekansiz, bu dil izhori hozirgina qilinganday, hozirgina sodir bo’lib o’tganday 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling