Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

 
 
Mavzu: Adabiy turlar. Epos, lirika, drama. Eposning janrlari
Reja:
1. Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha 
2. Eposning xususiyatlari 
3. Lirikaning o’ziga xosligi 
4. Drama predmeti 
5. Eposning janrlari 
Badiiy asarlar shunchalik rang-barang, ular “nima bilan nimani va qanday aks ettirishi” 
(Aristotel)ga qarab, asosan uch turga bo’linadilar. Bular: epos, lirika, drama hisoblanadi. 
Davrning muhim ko’rinishlarini (nima to’g’risida), chuqur tahlil qilib, uning ko’pchilik 
e’tiborini jalb etadigan g’oya va muammolarini o’rtaga qo’yish(nimani gapirish) va shu asosda 
tug’ilgan ko’ngildagi fikrlarni aniq va yangi obrazlar vositasida ifodalash (qanday tasvirlash) – yaxlit, 
birbutun jarayon (“Bo’lishi mumkin bo’lgan” olamni yaratish)dir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin 
bo’lmaganidek, epos, lirika, drama ham yagona adabiyot (daraxt)dir. Ularning ildizi, tanasi bitta – faqat 
bu “vujud” - taraqqiy etgan uchta “shox”dan-adabiy turdan iborat. 
Uchchala tur ham bitta asos-hayotdan oziqlansalar-da, uchchalasi ham bo’lishi mumkin bo’lgan 
olamni kashf etsa-da, ayni paytda, ularning har birining o’ziga xosligini ta’minlovchi predmeti ham 
bor. Eposniki – voqea,lirikaniki – ruhiy kechinma, dramaniki – harakatdir. Eposdagi qahramon 
– voqea, dramaning qahramoni – inson shaxsi (V.Belinskiy) lirikaning qahramoni insonning 
ichki tuyg’ularidir. 
Shu sabab, bugungi kunda “liro-epik tur” (she’riy roman, doston, ballada, masal, oda)ni, 
“tarixiy-badiiy tur” (ocherk, reportaj, kundalik)ni (L.Timofeyev) ixtiro qilish asossiz, chunki ularning 
“o’zlarigagina” tegishli bo’lgan – predmetlari (narsaning belgilari) yo’q. Shuning uchun ham 
V.Belinskiiy “Poeziyaning hamma turlari... faqat uchta, bundan ortiq bo’lishi mumkin emas” – deydi 
va biz ham ayni shu haqiqatdan kelib chiqib, tur va janrlarning qonuniyatlarini ochishga o’tamiz. 
Bundan aniqlashadiki, har bir turning predmetiga binoan, badiiy asarni vujudga keltiruvchi 
barcha vositalar – xarakter, syujet, konflikt, badiiy til va hokazo unsurlar ham turfa xil xususiyatlar 
kasb etadi. 
E P O S 
Eposda xalqning taqdiriga ta’sir ko’rsatgan buyuk voqealar olingani uchun uning bosh 
qahramoni tarixdir. Shu sabab unda xalq taqdiri ham, alohida shaxs taqdiri ham dunyoviy 
ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy voqeaga bog’liq bo’ladi, ana shu tarixiy voqea ularni yurgizib - 
turg’izadi, taqdirini hal etadi. 


105 
Bundan ko’rinadiki, eposda odam emas, voqea hukmronlik qiladi. Shu asosga ko’ra, uning 
o’ziga xos qonuniyatlari quyidagicha voqye bo’ladi: 
1. Muallifning hayotga munosabati nuqtai-nazaridan. 
Eposda san’atkor hayotni “Xuddi Gomerdek, voqeani uning o’zidan ajralgan bir narsa 
sifatida” (Aristotel) tasvirlaydi. “Bunda shoir ko’zga ko’rinmaydi; plastik muayyan dunyo o’z-
o’zidan taraqqiy etadi, shoir esa o’z-o’zidan vujudga kelgan hodisaning go’yo oddiy bir 
hikoyachisigina bo’lib qoladi” (V.G.Belinskiy). Bu xolislik, ob’ektivlikdir. 
2. Vaqt hissi nuqtai - nazaridan. Eposda hikoya qilinayotgan o’tmish voqealari bilan asar 
yaratilayotgan vaqt o’rtasida uzoq yoki yaqin muayyan bir masofa bo’ladi. San’atkor qachonlardir 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling