Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Insonning yo’lida chirog’i bo’lsin, Chiroq yoniq tursin
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Insonning yo’lida chirog’i bo’lsin,
Chiroq yoniq tursin, Chiroq yoniq tursinh Mashrab Boboyevning to’liq keltirilgan “Chiroq yonib tursin” she’rida ta’kidlangan so’zlar – apofora bo’lsa, tagiga chizilgan har band oxirida takrorlanuvchi misralar – misralar takroridir. Ikkala vosita birlashib, she’rdagi poetik fikrni – inson ziyosi bilan ulug’ ekanligini, unga inson doimo intilishi lozimligini va doimo nur taratib turishini bo’rttirib, ta’kidlab ko’rsatmoqda. Epifora – she’riy asarning misralari oxirida tovushlar, so’zlar, iboralarning takrorlanib kelishi hodisasidir. Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman, O’ynagan boshqalar, ingragan menman. Erk ertaklarni eshitgan boshqa, Qullik qo’shig’ini tinglagan menman. Cho’lponning “Men va boshqalar” she’ridan keltirilgan ushbu bandda “menman” so’zi misralar oxirida kelib, o’zbek qizi – lirik qahramonning qalbidagi tug’yonlarini – erkinlik istagini ta’kid qilmoqda, ayni paytda, kitobxonni faolikka yetaklamoqda. 101 7. Apostrofa(gr.apostrophe-og’ish) ham stilistik vositalardandir. Unda jonsiz narsa va hodisaga xuddi jonliday, o’zi yo’q shaxsga xuddi borday murojat qilinadi: She’rimh Yana o’zing yaxshisan, Boqqa kirsang, gullar sharmanda, Bir men emas, hayot shaxsisan, Jonim kabi yashaysan manda. Yuragimning dardi-naqshisan, Qilolmayman seni hyech kandah O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda? Dardimsanki, she’rim yaxshisan. Sen orada ko’prik bo’lding-da, Geyne bilan o’rtoq tutindim. Lermontovdan ko’mak o’tindim. Butun umrim sening bo’yningda. Saharda qon tupursam, mayli. Men – Majnunman, she’rim, sen – Laylih (U.Nosir “Yana she’rimga”) Abdulla Oripov ham “Onajonim, she’riyat” asarida epostrofa vositasidan foydalanib, she’riyatning ulug’vorligini va uning tengsizligini jonlantiradi: ...Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho, Band etgan xayolimni Tengsiz shul chaman tanho, Nokaslar emas, yo’q, yo’q, Yolg’iz sen baland, tanho, Eng oliy baxtim mening Onajonim, she’riyat, Tonggan toj-taxtim mening Jonajonim, she’riyat. 8. Ellipsis(gr.ellepsis-tushurib qoldirish, yetishmaslik) – badiiy asarda qisqalikni, siqiqlikni ta’minlovchi stilistik vositadir. U – matndan osongina bilinib olinadigan so’zlar bo’lib, poetik fikrni ifodalashda ishtirok etmaydilar. Ellipsis ko’proq dilogik nutqda ravshan ko’rinadi: “ - To’yga keldingmi? - To’yga keldim... - Yusufbeknikigami? - Yusufbeknikiga. - Belbog’ing yo’qmi? - Yo’q...” (A.Qodiriy) 9. Inversiya (lat. Inversid – o’rin almashtirish)da ijodkor xohishi(g’oyasi)ga ko’ra ta’kidlamoqchi bo’lgan fikrni ta’sirdor qilmoq maqsadida grammatik qoidalardan chekinadi va kitobxonni aynan shu fikr (so’z)ga diqqatini tortadi: Aytarlar bu tunda yorug’ sham yonmas, Chaqmasa gugurtni asl o’g’illar... 102 Cho’lponning bu satrlari grammatika qonuniga binoan shunday tarzda bo’lishi lozim: “Asl o’g’illar” gugurtni chaqmasalar, bu tunda yorug’ sham yonmasligini aytardilar: Bunday holda she’riy nutq o’ladi, ta’sirdorlik, chaqiriq, ifodalilik yuzaga kelmaydi, oddiy xabar bayon tug’ildi... Xullas, allomalar so’zni hali qayta ishlanib tozalanmagan oltinga o’xshatadilar. Tozalanmagan, pardozlanmagan, tanlanmagan, qisqaroq aytsak, poetik “yuk”ni o’zida tashimaydigan so’z – dabiyotga daxldor bo’la olmaydi. Badiiylik (obrazlilik)ni yuzaga chiqarishga qurbi yetmaydigan, holat va kayfiyatni ifoa qila olmaydigan so’zning o’zi yo’q, faqat uni topa bilish, o’z o’rnida qo’llay bilish san’tini egallash talab etiladi. Bunday mahoratga ega yozuvchi “butun bahorni atigi chigitdek keldigan g’o’ra ichiga qamab bera biladi” (A.Qahhor). Shu asosga ko’ra, takror aytamiz, “A – so’z san’atidir, so’z-la tirikdir, so’z-la butundir, so’z-la yangi-yangi olpmlarni kashf etuvchi, yaratuvchidir”. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling