Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alliterasiya
Poetik fonika. Yuqorida tahlil etganimiz-qofiya va poetik sintaksis qonuniyatlari-poetik fonika
hodisasini yuzaga chiqaradi. Poetik fonika hodisasini yuzaga chiqaradi. Poetik fonika (fonetika fanining bir bo’limi) misra va satrlarda bir xil nutq tovushlarining takrorini va ularning estetik- emosional vazifasini tekshirish bilan shug’ullanadi. Nutq tovushlarining evfoniyasi (ing. euphony – yaxshi ovoz), ya’ni ohangdosh va ohangdorligi asarda shunchalik zarurki, uning tufayli ritm izchillashadi, poetik fikr latiflik (yoqimlilik) kasb etadi, hissiy ta’sirni kuchaytiradi. Nutq tovushlarining takrori orqali so’zlar ohangdoshligi, so’zlar ohangdoshligi orqali misralar ohangdoshligi voqye bo’ladi; ohangdoshlik, pirovardida, zaruriy musiyqiylikni yuzaga keltiradi. Poetik fonikaning unsurlari ko’p va ancha murakkabdir, hozircha ba’zilarining umumiy xususiyatlarini o’rganimiz. Alliterasiya (lat. ad-ga, da; littera-harf) nutqda tovushlarning bir-biriga ohangdosh bo’lish hodisasisidir. Alliterasiya ikki xil ko’rinishga ega: 1. Misra tarkibidagi unli tovushlarning ohang jihatidan o’zaro mosligi – vokal alliterasiyani yuzaga chiqaradi: O’tar dunyoni o’tarini o’yladi Tanqa tashlab Olatog’ni yoyladi (“Alpomish”) 2. Misra tarkibidagi undosh tovushlarning ohang jihatidan o’zaro mosligi – konsonant alliterasiyani bunyod etadi: Sochilgan sochingdek sochilsa siring Anor yuzlaringni kimga tutasan. (Cho’lpon) Estetik nuqtai-nazardan ohangdorlikni yuzaga chiqarib, kitobxon diqqatini tasvirlanayotgan voqea-hodisa yoki holatga qaratmoq maqsadida so’zlar “buzub” ishlatilishi ham mumkin. Jumladan: “Uchqur eding, qanotingdan qayrilding, Yugruk bo’lsang, tuyog’ingdan toyrilding. E’tibor bersangiz, baxshi birinchi misrada leksik-grammatik qoidani ataylab buzadi, “Uchqur eding, qanotingdan ayrilding ” deb kuylamaydi. Maqsad – konsonant alliterasiya yo’li bilan qalmoqlar eliga majburan jo’nab ketayotgan Barchinning holini hayajonli va ta’sircha ta’riflash. Ana shunday badiiiy san’atni hosil qilish yo’lida ikkinchi misrada ham leksik-grammatik normativ buzilad. “Toyrilmoq” dialiktizmi “toymoq”, “sirpanmoq” so’zlariga sinonim. Barchinning Alpomishdan ayro tushushi yugruk otning tuyog’i sirg’anib muvozanatini yo’qotilishiga o’xshatilayapti. Demak, misralardagi “Qanotingdan qayrilding, tuyog’ingdan toyrilding” kabi ohangdosh birikmalarda fonik takrorning doston estetikasini yuzaga chiqarishdagi ahamiyati yana bir karra ayon bo’lar ekan” 1 . Alliterasiyaga asoslangan yaxlit she’rlar ham yaratilgan; “q” tovushining takroriga misol: 1 Исомиддин Ёрматов. Ўзбек хал қ қаҳрамонлик эпоси бадиияти (Ўқув қўлланма), -Т.: 1994, 132-бет. 103 Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlima qasd, qayrab qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo’ymaysan, Qarab qo’ygin qiyo, qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz. (Erkin Vohidov) “Yo” tovushining takroriga misol: Yomon – yomon, Yolvortirgan yor yomon, Yog’ib yotgan yozdagi yomg’ir yomon. Yog’iy – yomon, Yonboshida yoyi yomon, Yosuman yolg’on yomon, Yovuz yomon. Yorni yodlab yonog’idan yoshi – yo Yoqasiga, yostig’iga yog’sa yomon. Yozug’ikim, Yondirib yoronlarin, Yoriga yolchimagan yolg’iz yomon... (“Yomon” - Malik Egamov) Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling