Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Muallifning hayotga munosabati nuqtai - nazaridan


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

1. Muallifning hayotga munosabati nuqtai - nazaridan. 
San’atkor “hamma tasvirlanayotgan shaxslarni harakat etuvchi va faol shaxslar sifatida” 
(Aristotel) tasvirlaydi. Bunda xatti – harakat – voqea bizga birdaniga va tamom tayyor bo’lib qolgan 
holda ko’rinmaydi, bizdan yashiringan samarador kuchlardan chiqqan, o’z ichida erkin bir doira 
chizgan va keyin o’z ichida taskin topgan voqea sifatida ko’rinmaydi – yo’q, bu yerda biz xatti - 
harakatning individual ifodalar va xarakterlardan boshlanish, kelib chiqish prosessining o’zini 
ko’ramiz (V.Belinskiy). Bu dunyoning ob’ektiv va subyektiv tomonini birlashtirib, shaxs harakati 
orqali tasvirlashdir. 
2. Vaqt hissi nuqtai - nazaridan. “Temir xotin” (Sh.Boshbekov)ni tomosha qilar ekansiz, 
unda Qo’chqor, Olimtoy, Alomat kabi obrazlar bilan bog’liq hayotiy voqealar ko’z oldimizda hozir 
ko’rib turganidek, bo’lib o’tayotgan voqealardek namoyon bo’ladi. 
3. Hajmi va tashqi ko’rinishi jihatidan. Dramaning hajmi taxminan 2,5 - 3 soat mobaynida 
ko’rsatishga mo’ljallangani uchun, unchalik katta bo’lmaydi. U dialog va monologlardan, sahna va 
pardalardan tashkil topadi, ijrochilar-artistlar orqaligina asarning mazmuni ro’yobga chiqadi. 
4. Xarakter. Hayot go’yo bir azim daryo bo’lsa, drama ana shu azim daryoning tezoqar, eng 
nishab joylarini tasvir predmeti qilib oladi. (I.Sulton). Lev Tolstoyning fikricha, drama bizga 
odamning butun hayotini hikoya qilib berish o’rniga, shu odamni shunday vaziyatga qo’yishi 
kerakki, shunday bir tugun bog’lamog’i kerakki, bu tugunni yechish mahalida odam butunisicha 
ro’yobga chiqsin. Tolstoy aytgan “vaziyat” va “tugun” esa doimo inson hayoti oqimining eng 
shiddatli paytlariga to’g’ri keladi: xuddi shunday “vaziyat” va “tugunlar” mavjudligida inson eng 
aktiv ruhiy hayot bilan yashaydi, voqealar girdobida javlon uradi, ehtiroslar olovida yonadi, 
chiniqadi.”
1
Shuning uchun ham dramadagi xarakterlar va ular xarakteridagi biror qirra g’oyatda 
bo’rttirilgan bo’ladi. Jumladan, Otelloda – rashk, Muqannada-ozodlik uchun fidoyilik o’ta 
mubolag’adordir. 
5. Syujet. Dramada syujet xuddi eposdagidek sokin, mukammal bo’lmaydi va u voqeaga 
bog’lanmaydi, balki u tez va shiddatkor dramatizmga judayam boy bo’ladi. Syujet dramadagi xatti – 
harakat bilan mustahkam bog’lanadi. Bu tig’izlik va shiddatni, “ayovsiz” olishuvni sekinlatadigan 
hayotiy tafsilotlar emas, balki yanada rivojiga turtki beradigan voqealar tanlanadi va ular 
zanjirsimon – bir-biridan kelib chiqadigan tarzda voqye bo’ladi. Shu xislati tufayli undagi 
xarakterlar kutilmaganda o’zligini yaqqol ko’rsatadi va “tanish bo’lgan notanish”lar taqdiri bizning 
ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. 
6. Badiiy til. Dramada muallif nutqi (remarkalarni hisobga olmaganda) ishlatilmaydi. 
Personajlar o’zlarini o’zlari va bir-birlarini so’z orqali ochadilar. Dramada ishlatiladigan gaplar – 
1
Адабий тур ва жанрлар. II ;жилд (Лирика), Т., “Фан”, 1992, 54-55-бетлар. 
1
Иззат Султон . Адабиёт назарияси, Т., “Ў
қитувчи”, 1980, 260-бет. 


108 
sodda, qisqa va ravon bo’ladi. Ularda tomoshabin tushunmaydigan bironta ham so’z yoki ibora 
ishlatilmaydi... 
Ushbu farqli xususiyatlar va qonun-qoidalarni istagancha davom ettiraverish mumkin. Lekin 
shu aytilgan gaplardan ayonki, har bir tur hayotning u yoki bu tomonini shunday yorqin va batafsil 
ifoda etadiki, bunga boshqa tur qodir bo’lmaydi. Izzat Sulton asosli ta’kidlaganidek, “Epik yoki 
lirik asar bajargan o’ziga xos g’oyaviy – estetik vazifani drama to’la ravishda bajarolmaydi: 
dramatik turda epik turga mansub bir qancha sifatlar (hayotni juda keng qamrab olish, uning turli 
ko’rinish va jilolarini bir asarda aks ettira bilish va hokazo) yo’q. Dramatik tur hayotni shaxsning 
ehtirosli hislari orqali, yuraklarni larzaga soluvchi oniy holatlarda ko’rsatish qobiliyatiga lirika 
darajasida qodir emas. 
Xullas, adabiy turlar bir-birlarini to’ldirib yashaydilar va bir-birlarining ojizliklarini “qoplab 
ketadilar”. Ularning har biri ham inson ruhining turlicha holatini aks ettiruvchi vositalar bo’lib, teng 
huquqli va juda zarurdir” (“Adabiyot nazariyasi, 236-bet”). 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling