127
Turfa mahbub durur umru vafosi yo’q aning,
Andin istarg’a vafo fikri mahol aylamangiz.
Har kishi komil erur, bas ang’a haq bandalig’i,
Mundin o’zga tama’i kasbi kamol aylamangiz.
Yo’q jamol ichra vafo husnig’a dog’i bunyod,
G’arroi husn bo’lib arzi jamol aylamangiz.
Olami foniy uchun ranju mashaqqat chekmang,
Mol uchun g’am yemangiz, fikri manol aylamangiz.
Ishq dardig’a Navoiy kebi mag’rur o’lmang,
O’zni har mahvash uchun shifta hol aylamangiz.
Turk piri kebi olamdin etakni silking,
Do’stdin g’ayri tamannoi visol aylamangiz.
To salomat bu xatar manzilidin solib kom,
Ma’mani vaslg’a bo’lg’ay tuta olmoq orom.
Tayanch tushunchalar
Lirika. Uning kichik janrlari – fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to’rtlik. Lirikaning o’rtacha janrlari –
g’azal, marsiya, ashula, qo’shiq, sonet. Lirikaning “yirik” janrlari – tarji’band, tarkibband.
Adabiyotlar:
1. T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, T., «O’zbekiston», 2002, 477-512- betlar.
2. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., A. Qodiriy
nomidagi Xalq merosi
nashriyoti, 2004, 182-191-betlar.
3. H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi
nashriyoti, 2004, 225-238-betlar.
Mavzu: Dramatik tur
Reja:
1. Teragediya, komediya, drama janrlari
2.
Melodrama, monodrama, intermediya, libretto
Dramatik turda hayot va insonlar o’rtasidagi munosabatlar ifodasi tomoshabin ko’z o’ngida,
muayyan
sahna vaqti ichida harakatda sodir bo’ladi, shu sabab unda so’z va sahna san’ati birlashadi,
birbutunlik kasb etadi.
Faqat harakat jarayonidagi g’oyalar kurashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan
tarzda ifodalanadi; bu o’z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib
chiqadi. Bu ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to’liq voqea-hodisalar va
xarakterlarning ko’p qirraligi ko’plab dramatik janrlar(ularning hammasini “pyesa”- “birbutun”,
“ulush”deb yuritish odati ham hayot)ning tug’ilishiga sabab bo’lgan. Ular quyidagilar: tragediya,
komediya, drama, tragikomediya,
melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k.
Do'stlaringiz bilan baham: