Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

A. Dramaning asosiy janrlari 
Tragediya(yun. Tragos – echki(taka), ado - qo’shiq)da asosan ilohiy kuchlar va mifologik 
qahramonlar o’rtasidagi murosasiz kurashlar falsafasi, yuqori tabaqa vakillari (podshohlar, shahzodalar, 
qo’mondonlar, dohiylar, yo’lboshchilar, boshliqlar, yetakchilar)ning fojialari aks etgan. 


128 
Tragediya janrining xususiyatlari ham V.Belinskiy tomonidan yetarli asoslangandir. Ular 
quyidagichadir: 
1. “Tragediyaning mohiyati... qalbning tabiiy jarayoni, maylning axloqiy burch yoki daf 
qilinmas bir to’siqlik bilan to’qnashuvidir... tragediya – qayg’uli tamosha! Agarda qon, o’liklar, xanjar, 
zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo’lmasa ham, lekin uning oqibati harvaqt qalbning eng 
qimmatli umidlarining yemirilishi, butun bir hayot saodatining yo’qolivudir. Uning qora 
ulug’vorligi, uning buyuk azamatligi shundan kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning 
mohiyati, asosi taqdir kuchidir”. 
2. Tragediya “asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o’lgan yoki g’alabada 
halok bo’lgan qahramonga biz chuqur qayg’uramiz. Lekin bu kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon 
bo’lmasligini, o’z shaxsiyati bilan abadiy substansial kuchlarni, jahonni va o’zgarmas borliq 
qonunlarni amalga oshira olmasligini bilamiz”. 
 
3. “Buyuk axloqiy vazifalarni hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlarni, kishilik dunyosi boshida 
turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tiragi bo’lgan substansial kuchlarni o’zida 
gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli odam tragediyaning qahramoni yoki 
qurboni bo’la oladi; voqyelikning o’zida ahvol shunday”. 
4. “Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo’qoting, siz bu bilan uni buyuklikdan
butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o’zining 
butun nafis kuchini yo’qotadi”.
5. “Tragediya ko’proq sun’iy asardir”. “Mana shuning uchun tarixiy shaxslarni buzib 
ko’rsatishga oz yo’l qo’yilsa ham; tragediyaning go’yo qat’iy huquqidir, bu uning mohiyatidan kelib 
chiqadi. Tragediyachi o’z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda ko’rsatishni istaydi: tarix unga 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling