Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
hayotni qayta yaratadi (peresozdayet) yoki shoir bu hayotni butun yalong’ochligi va haqqoniyligi
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
hayotni qayta yaratadi (peresozdayet) yoki shoir bu hayotni butun yalong’ochligi va haqqoniyligi
bilan qayta tiklab (vosproizvodit) hayot voqyeligining hamma tafsilotlariga, bo’yoqlariga va nozik tomonlariga sodiq keladi. Shuning uchun aytish mumkinki, poziyani ikki bo’lakka- ideal poeziyaga va real poeziyaga bo’lsa bo’ladi” (Qarang: I.Sulton, 356-bet). I.O.Sultonov: “Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur- “romantik tafakkur tipi”, ikkinchi xil tafakkur-“realistik tafakkur tipi” deb ataladi” (I.Sulton, 356-bet),-deb yozadilar va “Romantik tafakkur yoki realistik tafakkurning ma’lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukmron ko’rinishini ijodiy metod” tushunchasi bilan yuritishni taklif etadilar... Darvoqye, hayotni obrazli tasvirlashning ikki yo’nalishi “ham aslida inson tabiati bilan bog’liq hodisa sanaladi. Chunki odam real hayot qo’ynida, ham orzu-havaslar dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot tarziga qanoat qilishdan ko’ra, turmushni o’zgartirish istagi, uni yanada yaxshilash havasi baland turadi. Bu havas... kuchli bo’ladi” (A.Ulug’ov, 79-bet). 134 Ana shu ikki yo’nalish – ijod tipi turli – tuman davrlarning, jamiyatlarning talablariga doimo javob berib kelmoqda, faqat, bizningcha, evolyusion rivojlanish – romantizmni, revolyusion taraqqiyot – realizmni birinchi o’ringa olib chiqadi. Ko’pincha badiiy asarlarda ijodning bu janrlari qo’shaloqlashgan bo’ladi. Realistik asarda romantizmning xislatlari yordamchi vazifani bajarsa, romantik asarda realizmning unsurlari ham shunday vazifani o’taydi. “Xamsa” (Navoiy)da ham, “Qiyomat” (Ch.Aytmatov)da ham, “Yolg’izlikda yuz yil” (G.G.Markes)da ham, “O’tgan kunlar” (A.Qodiriy)da ham bu holat yaqqol ko’zga tashlanishi va barchaga ayonligi isbot talab etmaydi. Shunday bo’lsa-da, yana bir asos: Sadriddin Ayniyning ta’kidlashicha, “Xamsa” dostonlarida Navoiy salbiy tiplarni o’z zamonasidan olgan, ijobiy tiplar esa – Navoiy fantaziyasi va idealining maxsulidir, lekin romantizm ustundir. Yana shuni ta’kidlash lozimki, muayyan yozuvchi ijodida, muayyan asarda yo romantizm, yo realizm doimo yetakchilik qiladi. Professor Abduqodir Hayitmetov ilmiy xulosalari ham shu hodisalarni isbot qiladi. Uningcha, Navoiyning asosiy metodi-romantizm, ayni paytda, uning Said Hasan Ardasherga yozgan maktubi, “Mahbubul-qulub”, satirik g’azallari va qit’alari, “Lisonut tayr”dagi ba’zi hikoyatlari realistik xarakterdadir. Albatta, har bir san’atkorning “o’ziga xos”ligini unutmaslik kerak. Birida isyonkorlik, birida jamiyat bilan kelishib yashaydigan donolik ustun bo’lishi ham mumkin. Biri realliklarga chiday olmay, biri undan ko’ra orzular dunyosida yashashi-o’zini voqye qilishi ham tabiiydir. Jumladan, Alisher Navoiy inson haqidagi orzu havaslarini akslantiruvchi asarlar yozgan bo’lsa, uning yosh zamondoshi Bobur o’z zamoni voqea va odamlarini haqqoniy, real tasvirini beradi. G’.G’ulom, H.Olimjonlar sosialistik voqyelikni ulug’lagan bo’lsalar, A.Qodiriy, Cho’lponlar bu voqyelikdan isyonga keladilar. Mirmuhsin, H.G’ulom, Shukrullolarda jamiyat bilan kelishib yashash ustunlik qilsa, A.Oripov, E.Vohidovlarda bu jamiyatning kirdikorlarini fosh etish, yuksakroq voqyelikni istash tuyg’ulari kuchlilik qiladi va hokazo. Jahon adabiyoti taraqqiyoti tarixidagi realizm va romantizmni-ijod tiplari, ijod yo’nalishlari, badiiy tafakkur tiplari deb yuritish ham asoslidir. Chunki ularning turfa xil ko’rinish va qirralarini turli davrlar ro’yobga chiqargandir. Jumladan, klassisizm (P. Kornel, J. Rasin), ekzistensionalizm(Jan Pol Sartr, M. Prust, F. Kafka), syurrealizm(Pol Elyuar, Oskar Uayld, A. Axmatova), tanqidiy realizm(Maxmur, Muqumiy, L. Tolstoy, F. Dostoyevskiy), sosialistik realizm (Oybek, G’.G’ulom, M.Gorkiy) va sh. k. romantizm va realizm (ikki daryo)ni metod deb yuritish va bu ko’rinishlarning hammasini oqimlar(irmoqlar) deb atash, (ikki daryoning birikuvidan tug’ilgan irmoqlar deya tasavvur qilish) ma’qulga o’xshaydi. Chunki oqimlarning hammasi ham yo realistik, yo romantik tasvirlash prinsiplarining qonuniyatlariga bo’ysinadi. Shu qonuniyatlarga tayanganlari holda, uning hali to’liq anglanmagan yangi qirralarin ochadilar, xolos. Yangi qirralarni kashf etish va ifodalash jarayonida muayyan o’ziga xosliklar ham yuzaga kelishi tabiiydir. Jumladan, realizmning o’ziga xos bir ko’rinishi – klassisizm (lot. “namuna”, “ibrat” ma’nolarini beradi)ni ko’raylik. Uning vakillari o’tmish antik adabiyoti namunalarini o’zlari uchun ibrat namunasi deb sanaganlar. Ular adabiyotda hamma narsalar aniq va qat’iy qoida asosida tasvirlanishi shart deb tushunganlar va estetik qarashlarini “uch birlik”ka moslaganlar: asarda tasvirlanayotgan hodisa bitta yaxlit syujetda gavdalantirilishi (“harakat birligi”), bir joyda bo’lib o’tishi (“joy birligi”) va yigirma to’rt soat ichida yuz berishi (“vaqt birligi”) lozim bo’lgan. P. Kornelning “Sid” (“Said”), “Gorasiy”, J. Rasinning “Andromaxa”, “Britanik”, Molyerning “Xasis” singari go’zal, betakror asarlari shu qoidalarga muvofiq yaratilgan. Klassisizm vakillari “Adabiyot saroy va shahar uchun yaratilishi kerak”(N. Bualo) deb hisoblaganlar va janrlarni tabaqalashtirganlar. Ularning estetik tushunchalaricha drama eng yuksak janr, komediya quyi janr hisoblangan. Roman, qissa, hikoya janrlariga ikkinchi darajali unsurlar deb qarashgan. Ko’pincha ularning asarlarida inson hayoti va xarakterining bir qirrasi chuqur va batafsil tasvirlangani uchun, insonning ko’pqirrali xarakteri to’liq gavdalanmagan... Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling