Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Sentimentalizm (fr. Sentument-hissiyot, his qilish) oqimi XVIII asr o’rtalari (Angliya)da 
feodalizm sarqitlariga qarshi kurashni, oddiy kishilarning oliyjanobligini, qalbini tasvir markaziga 
olgan. Chunki klassisizm oqimi kishilarning ichki dunyosi tasviriga yetarli e’tibor qilmagan, oliy 


135 
ijtimoiy tabaqa hayotini bo’rttirib aks ettirgan va adabiyotni “uch birlik” (harakat, joy, vaqt) qolipiga 
solgan edilar. 
Sentimentalistlar klassisizm qoidalarini unigg qoliplarini “buzdilar”. Aql- idrokdan his-tuyg’uni 
ustun deb bildilar. O’rta va quyi sinf vakillari hayotini, ma’naviy jihatdan yetukligini, pokligini
boyligini, odamiyligini chuqur tasvir etdilar va ana shu jarayonda yuqori tabaqa vakillari dunyosining 
tubanligini, jirkanchligini fosh etdilar. Ingliz Sterning “Tristram Shendi”, Richardsonning “Pamela”, 
farang Russoning “Yangi Eloiza”, rus Karamzinning “Bechora Liza” asarlari buning isbotidir.
Sentimentalizm oqimi oddiy qahramonlar qismatini har qanday kitobxonni achintiradigan tarzda 
tasvirlaydi. Xo’rlangan, haqoratlangan, aybsitilgan qahrmonlar bilan tanishgan o’quvchi qalbida “u 
ham inson-ku, dunyoga u ham baxt uchun kelgan-ku! Nahot insonlar ularning qadru qimmatiga 
yetmasa? Insoniyat qachon birodarlikka, komillikka erishadi?” degan tuyg’ular uyg’onadi va qalbni 
iztirobga soladi. Qahramonlar hayoti va qalbining chuqur va ta’sirchan ochilishi – achinish tuyg’usini – 
insoniylikning zarur belgisini voqye qiladi. F. Dostoyevskiyning “Xo’rlanganlar va haqoratlanganlar”, 
A.Chexovning “Uyqu istagi” ham xuddi shu yo’nalishda yozilgan bebaho asarlardir. 
Shuning uchun ham XX asrning klassigi Ch.Aytmatov yozgan edi: “... Dostoyevskiyning 
adabiyotda aytgan eng aziz va umriboqiy so’zi, menimcha, berahm va oriyatsiz ekspluatatorlar jamiyati 
girdobida azobu uqubatga botib, bo’g’ilib yotgan insonga cheksiz achinishdan iborat bo’ldi. O’sha 
dahshatli pallada rus yozuvchisi gumanistik adabiyotning eng muhim vazifalaridn birini- axloqiy 
sog’lom kishini tarbiyalash vazifasini jada yuqori ko’trdiki, shunday achinishsiz inson haqiqiy inson 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling