Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Modernizm (fr. Moderni- zamonaviy) dastavval, XIX asrning oxirida Fransiyada paydo 
bo’lgan. Hayotni yuzaki, aynan(naturalizm) tasvirlashdan, uni etika va estetika (axloqiy va go’zallik) 
1
Анна Ахматова. Не тайны и не печали... Т.. Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1988, стр.9 


136 
chegarasidan chiqib aks ettirishdn ko’ra voqea- hodisalarning falsafiy mohiyatini, ichki jarayonini 
tasvirlashni afzal bildi. Modern adabiyotining J.Satr (1905-1980), J.Joys(1864-1941), A.Kamyu (1913-
1960), F.Kafka (1983-1924) kabi vakillari ijodida inson tabiati, fe’l- atvori, munosabatlari oshkoro 
gavdalantiriladi; insonni salbiy yoki ijobiy qilib tasvirlashdan voz kechib, unig tubanligini ham
buyukligini ham, iztiroblarini ham, xavotirlarini ham, sevgisini ham, nafratini ham, mehru oqibatini 
ham, razilligini ham- qo’yingki, uning butun borlig’ini(Rahmoniy va shaytoniy xislatlarining 
barchasini) ochish - bosh xususiyat sanaladi. 
Ana shu oqimning eng yaxshi yutuqlari qarashlari Istiqlol adabiyotining estetik qarshlariga mos 
kelgani sabab, u o’zbek shoirlari E.Vohidov, R.Parfi, U. Azim, Sh. Rahmon, A.Qutbiddin, S.Ashur, 
nasrnavislari Murod Muhammad Do’st, H.Shayxov, T.Murod, N.Eshonqul va shu kabilar ijodida 
o’zining go’zal namunalarini bera boshladi. O’zbek adabiyotining insonshunoslik mohiyati yana 
jahoniy xislat kasb et boshladi. Ana shu xislatning chuqurlashuvi hozirgi o’zbek adabiyotini jahoniy 
miqyosga chiqarishga asoslardan biri bo’lsa, ajabmas... Bir necha oqimlarning siqiq bayonidan ham 
ko’rinadiki, hyech bir oqim hayot va inson tasvirining hamma jihatlarini qamrab ola bilmaydi, inson 
haqida anglagan haqiqatlarning saboqlarini o’zidan keyingi oqimlar uchun uzatadilar va ana shu 
saboqlar yangi bosqich poydevori bo’lib, yangi oqimlar tarixida hali anglanmagan haqiqatlarni kashfi 
davom etaveradi; adabiyot rivoji to’xtovsiz harakat qilgani sayin – inson haqidagi haqiqat tobora 
chuqurroq aksini topaveradi. 
Demak, metod ham, oqimlar ham hyech vaqt yozuvchi talantini, san’atini o’lchovchi, 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling