Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Mavzu: Romantizm va realizm. Adabiy oqimlar
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Mavzu: Romantizm va realizm. Adabiy oqimlar
Reja: 1. Ijodiy metodning yuzaga kelish sabablari 2. Romantizm va realizm 3. Ijodiy oqimlar Badiiy uslub har bir yozuvchi-san’atkorning, har bir yetuk asarning, har bir davr adabiyotining o’ziga xos barcha xususiyatlarini qamrasa, badiiy metod muayyan guruhga mansub san’atkorlar ijodining umumiy va mushtarak barcha belgilarini o’zida tashiydi. Bu xususiyat va belgilar hayot materialini tanlash, umumlashtirish, baholash, aks ettirish borasidagi umumiylik va ayni paytda, ana shu umumiylikning yakka shaxs (yozuvchi) talanti, qudrati ila “pishib yetilishidir”. Ko’rinadiki, garchi uslub va metod bir-biriga o’xshamasa-da, lekin ular birlashganda, bir-biri bilan chatishganda voqye bo’ladilar, ana shundagina ular yaratish xislatiga, ta’sirdorlik fazilatiga, go’zallikni bunyod etishga qodirlik kasb etadi. Bundan ko’rinadiki, badiiy asar yaratilganidanoq,- uslub ham, metod ham tug’iladi. Nazariy adabiyotlarda aytilganidek, dastavval, romantizm, keyinchalik yoki to’g’rirog’i X1X asrga kelib realizm dunyoga keldi degan tushunchani rad etadi. Demoqchimizki, uslub va usul (metod) adabiyotning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda tug’iladi. Faqat adabiyotning rivoji, kamolot sayin o’sishi, g’oyaviy badiiy kashfiyotlarning umumlashtirilishi va saboqlariga bog’liq holda uslub ham, usul ham turfa xillik kasb etadi; jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlarga javob tarzida usul ham, uslub ham yangicha sifat kasb etib, bahor yanglig’ qayta tug’ilib boraveradi. Har bir yilning o’z bahori bo’lganidek,har bir yozuvchining o’z uslubi tashida, qobig’ida metod vazifasini o’tayveradi. Shuning uchun “Iliada” ham, “Ramayana” ham, “Xamsa” ham, “O’tkan kunlar” ham, “O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa” ham asrlarni tan olmasdan, hamma avlodlarga estetik zavq ulashaveradi, insonni komillik yo’lida tarbiyalayveradi. Chunki ularning hammasida ham hayot va inson mohiyatini tushunish, idrok etish, ezgulikni ulug’lash va uning amaliyotiga chorlash - bosh pafosdir, insoniyat tuyg’ulari tarbiyasi uchun o’lmas namunadir; ana shu sohadagi anglangan jihatlardan saboq olib, anglanmagan qirralarini kashf etish - adabiyot taraqqiyotining tuganmas, nihoyasi yo’q yo’nalishidir. Shu mulohazalardan kelib chiqsak, hayot va insonning badiiy modelini yaratishning ikkita yo’li eng qadimgi davrdan bugungacha davom etib kelayotgani aniqlashadi va bu haqiqatni allomalar ham tasdiqlaydilar. Jumladan, Aristotel “Poetika” asarida: “Sofoklning aytishicha, u odamlarni qanday bo’lishi kerak bo’lsa shunday tasvirlagan, Yevripid esa qanday bo’lsa o’shanday tasvirlagan” (53-b.) Rusning buyuk tanqidchisi V.G.Belinskiy ham (X1X asrda) bu haqiqatni tasdiqlaydi: “Aytish mumkinki, poeziya ikki usul bilan hayot hodisalarini qamrab oladi va qayta tiklaydi. Bu usullar, garchi biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo’lsa ham, bir maqsad tomon yetaklaydilar. Shoir uning narsalarga nazari tarziga, uning dunyoga munosabatiga, o’zi yashagan asri va xalqiga bog’liq idealiga moslab Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling