Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

etish yo’lidan bordi. U B.L.Suchkov yozganidek, realizm “kishilarning harakatlari va hislari 
ehtiroslarning yoki ilohiy irodaning oqibati emasligi, balki ular real sabablar, aniqrog’i, moddiy 
sabablar bilan tayin etilishini tushuna boshlagan paytda paydo bo’lgan”. Bu tushuncha eng qadimgi 
davr kishilarida (Neandartal odamlarda) ham bo’lganini fan isbotlamoqda. Tarixda shaxs va jamiyat 
orasidagi ijtimoiy munosabatlarni bugungidek badiiy ta’sirchan va haqqoniy (Sosial va psixologik 
determinizm (shartlanganlik)ka asoslangani holda) aks ettirish darajasi bo’lmaganligi ayon, lekin, ayni 
paytda, bugungi darajaning yuzaga kelishida o’tmishdagi realizm poydevor bo’lgani ham haqiqatdir. 
Bobur, Maxmur, Turdi, Muqimiy, Furqat, A.Qodiriy, A. Qahhor, P.Qodirov, O.Yoqubov, 
M.Muhammad Do’st, T.Malik, T.Murod kabi yozuvchilar ijodi ham ularning shu soha bo’yicha 
saboqlaridagi vorislik ham isbotdir. 
Realizmning estetik prinsiplaridan yana biri – hayot voqea – hodisalarini haqqoniy detal va 
tafsilotlar vositasida tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlashdir (Darslikning “Hayotiy haqiqat va 
badiiy haqiqat”, “Syujet va kompozitsiya” qismlarga qarang). Ana shu tasvir asosida kishilik jamiyati 
taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ijtimoiy – ma’naviy muammolar turishi, ular badiiy 
umumlashtirilishi, tipiklashtirilishi zarur. M.Gorkiy jahon adabiyotida yaratilgan badiiy obrazlar 
xususida shunday yozadi: “Mana shu sanab o’tilgan odamlar turmushda bo’lgan emas: ammo ularga 
o’xshash kishilar hayotda bo’lgan va shu borlari ham ancha mayda bo’lib, u qadar mukammal 
bo’lmaganlar, ayrim g’ishtlardan minora... yasalgani kabi, mana shu mayda, chakana kishilardan so’z 
san’atkorlari umumlashma tiplarini, turdosh tiplarni yaratganlar, “to’qiganlar”. Shunday “to’qima” 
natijasida biz endi har bir yolg’onchini Xlestakov, xushomodgo’yni Molchalin, ikkiyuzlamachini 
Tartyuf, rashk qiluvchini Otello va hokazo deb ataymiz”(M.Gorkiy, Adabiyot to’g’risida, 72-bet).
Ko’rinadiki, realist – san’atkor hayot qa’rida yotgan haqiqatni kashf etuvchi uning ko’p qirrali va 
qarama-qarshi tomonlarini ro’yi-rost ochuvchi, uni tadqiq va tahlil qiluvchi hislatga ega bo’lishi kerak; 
hayotning ob’ektiv manzarasini xolis tasvirlovchi yozuvchi bo’lishi lozim. Bu – realizmning bosh 
talabi, uning mohiyatidir. Hayotga yaqinligining, romantizmga teskariligining yaqqol ko’rinishidir. 
Romantizm va realizm metodining barcha hususiyatlari, hislatlari haligacha voqye bo’lgan emas. 
Shundan bo’lsa kerakki hyech kim ularga mukammal ta’rifni ham bera olgani yo’q. Biz ham 
ta’riflashdan voz kechamiz, chunki ularning xususiyatlarini yetarli tarzda o’rganishga va kelajakda 
voqye bo’ladigan alomatlarini bashorat qilishga umr kamlik qiladi, lekin shu yo’ldagi izlanishlarga 
baraka tilaymiz. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling