Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

baholovchi mezon bo’la olmaydi. U “adabiy asarlarni bir-biridan farqlash, adabiy davrlar o’rtasidagi 
tafovutlarni ko’rsatish, aniqlash va belgilashning o’ziga xos mezoni sanaladi”(A. Ulug’ov, 87-b). 
Har qanday asar o’z davrining hukmron estetik qarashlari, muhitning bosh alomat va 
haqiqatlari bilan qoliplangan bo’ladi. Garchi bu haqiqatni takrorlayotgan bo’lsak-da, ana shu 
qolip (davr mohiyati) asarga o’z nuqsini bosadi: nafasini, ruhini, ohangini, aqidasini, a’molini, 
“o’zligi”ni qoldiradi. Ana shu holatlarni umumlashtirish, xususiyatlarini ochish uchun “metod” 
va “oqim” tushunchalari o’ylab topilgan va ularning hammasi ham “romantizm va realizm” ijod 
tiplaridan bunyod bo’lgan, ularning haqiqiy “farzandlari” sanaladi. 
Adabiyot hayotni badiiy obrazlarda so’z vositasida akslantirish san’ati ekan, u hamon bosh 
qonun-adabiyotning konstitusiyasi vazifasini bajararkan, u bilan tug’ilgan romantizm va realizm ham 
umriboqiy, doimo harakatdagi unsurdirki, bizningcha, faqat ana shu ikki qudratni-metod tarzida, 
qolganlarini oqim sifatida aniqlashtirish asosliroqdir, adabiyot ruhiga monanddir, uning rivojlanish 
bosqichlariga xosdir.
Romantizm. Bu metodning bosh xislati “idealga moslab hayotni qayta yaratish” (V. 
Belinskiy)dir, ya’ni orzu qilingan voqyelikni tasvirlashdir; uni go’zal va mukammal hayot tarzida 
ko’rsatishdir; ana shu hayot qahramonlarining afsonaviy kuch-qudratga egaligini, mo’jizakorligini 
ideallashtirishdir. Esxilning “Prometey”, Sofoklning “Shoh Edip”, Yevripidning “Yelena”, Navoiyning 
“Xamsa”, Rustavelining “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” kabi asarlarida “odamlarning qanday 
bo’lishi kerak bo’lsa, shunday tasvirini” berilgani ham yuqorida aytilgan bosh xislatni tasdiqlaydi. 
Jumladan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod real shahzoda obrazi emas, 
balki, Navoiy orzu qilgan hukmron timsolidir. U shahzoda bo’lishiga qaramay, hunar egallaydi, ilm-
fanni chuqur o’rganadi. Yoshligidanoq mo’jizakor kuch-quvvatga ega bo’ladi, ming-minglab odamlar 
eplay olmagan ishlarni bajaradi. U teshasi bilan arman tog’i toshlarini xuddi pichoq sariyog’ni 
kesganday kesib, kanal qazadi; Xisravning minglab qo’shini ko’ngliga g’ulg’ula soladi, ularga bir o’zi 
bas keladi... 
Romantik asarlarda voqea-hodisalar va qahramonlar boshqa tarixiy davr va mamlakatlarga 
ko’chirib tasvirlanadi. “Farhod va Shirin” (A. Navoiy) dostonida voqea-hodisalar avval Chin (Xitoy)da, 
so’ng Arman o’lkasida yuz beradi. Farhod, Bahrom-xitoylik, Mehinbonu, Shirin-armani, Shopur, 
Xisrav, Sheruya-eronlik. Holbuki, bu qahramonlar xarakteri, a’moli, ruhi bilan o’zbeklarga tegishlidir, 
undagi voqea-hodisalar asosida Navoiy davri hayotining tipik manzaralari aksini topgandir.
Insoniylikni ulug’lash, ezgulikni kuylash, muhabbat va sadoqatni yuksak darajada madh etish
unga ishontirish romantizmning eng xarakterli alomatidir. Unda hayotni judayam ko’tarinki ruhda, 


137 
serjilo bo’yoqlarga boy tarzda, yorqin va nozik ifoda etish- xislatga aylanadi va bu xislat kitobxon 
qalbini larzaga soladi.
“Farhod va Shirin”da tasvirlanishicha, Farhod o’limidan so’ng Shirin: “Men uning hajrida 
bemoru bedilman, xuddi chala so’yilgan qushdayman”-deydi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling