Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


haqiqatning kashf etishi va uni so’z vositasida obrazli ifodalay olishi – bu vazifalarni individual


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

haqiqatning kashf etishi va uni so’z vositasida obrazli ifodalay olishi – bu vazifalarni individual 
(“o’ziga xos”) tarzda yaratish san’atidir. Uslub doim yozuvchi (shoir) ning butun borlig’idan – 
tabiatidan kelib chiqadi va har bir yaratgan asarida ana shu o’ziga xos olamning hayotbaxsh nurini – 
insoniylashgan tuyg’ularini tiriltiradi, ko’pga ulashadi, ezgu tuyg’ular tarbiyachisi vazifasini o’taydi. 
Shuning uchun ham uslub “kuchsiz adib – yozg’uvchining asarlarida o’zini ochiq ko’rsata olmaydir
Kuchsiz yozuvchilarning uslublari bir – biriga o’xshab qoladir” (Fitrat, 26-bet). “Uslub zamon bilan 
o’zgargani kabi shaxs bilan ham o’zgaradir. Hatto, yana biroz chuqurroq boribbir kishining sochim 
– tizim (nasr va nazm – H. U.) yozganida ham uslubning o’zgarib qolganini ko’ramiz. Navoiyning 
uslubi tizimda hashamatli bir ohang bilan yuradir, sochimda esa og’irlashib qoladir. Yana biroz 
1
Художественый метод и творческая индивидуальность писателя, М., 1964, стр. 234.


132 
ingichkaroq qarag’anda bir shoir uslubining asarning mav’zuiga ko’ra o’zgarganini ham ko’ramiz
Navoiyning “Layli va Majnun” idag’i o’ynab qaynag’an uslubini uning “Lison ut - tayr”ida ko’rib 
bo’lmaydir. Biroq bu o’zgarishlar (ya’ni: asarning shakli yo mavzuiga ko’ra bo’lg’an o’zgarishlar ) 
asosiy emasdir. Navoiy va Cho’lponning uslublari sochim – tizimda, yo mavzui’ga ko’ra o’zgarmak 
bilan ularning “o’zlik” larini (shaxsiyatlarini) yo’qotmaydir. Cho’lponning Cho’lponligi, Navoiyning 
Navoiyligi bu shoirlarning tizim – sochim asarlarida mavzu’ o’zgarishiga qaramasdan ko’rinib turadir ” 
(Fitrat, 28-bet, Ta’kidlar bizniki – H. U.). 
Hayot yozuvchini boyitgandek, tajribasini oshirganidek uning uslubini ham tobora 
sayqallashiga sabab bo’ladi. Lekin yozuvchi “o’zligi” xuddi gen belgilaridek asardan asarga o’taveradi. 
Shu sabab yozuvchining butun ijodidan kelib chiqib, aniq asarining uslubini aniqlash asosli 
haqiqatlarning kashfiga olib boradi. 
Fikr – mulohazalarni isbotini ko’rsatish maqsadida Oybek va A. Qahhorning adabiyotshunoslar 
ta’kidlagan o’ziga xos belgilarini ajratib ko’raylik:

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling