Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


savol.5-6-sinflarda geometriya elementlari


Download 1.8 Mb.
bet97/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash

savol.5-6-sinflarda geometriya elementlari

5-6-sinflarda geometriya bo’yicha bilimlar berishning quyidagi maqsadlari mavjud:

  • o’quvchilarni asosiy geometrik tushunchalar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish;

  • o’quvchilarni sistematik geometriya kursini o’rganishga tayyorlash;

  • ularda geometrik yasash malakalarini shakllantirish.

Bu sinflarda quyidagi geometrik bilimlar beriladi: 1-4-sinflarda o’rganilgan geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi tasavvurlar chuqurlashtiriladi; yangi geometrik miqdorlar o’rganiladi (aylana uzunligi, burchak kattaligi); shakllar orasidagi farqlar ko’rsatiladi (kesma uzunligi va kesma, burchak va burchak kattaligi); geometrik yasashlar ko’payadi va unda qo’llaniladigan asboblar ham ko’payadi (chizgich, sirkul, trasportir). Geometriya elementlari asosan induktiv ravishda bayon etiladi. Bunda ko’pgina bilimlar ulchash va yasashlarni umumlashtirish, modellashtirish yordamida bayon etiladi.
5-6-sinflarda o’quvchilarning geometrik bilimlar saviyasi ma’lum darajada tekis bo’lishiga hamda sistemali bilimlarga boshlang’ich qadamlar qo’yishga erishiladi. Birinchi bosqichda, to’g’ri chiziq, tekislik, kesma, kesma uzunligi, perpendikulyar va parallel to’g’ri chiziqlar karaladi. Ayniqsa, bunda atamalar kiritilishiga e’tiborni qaratish lozim: to’g’ri chiziqning o’z-o’ziga parallelligi, bir to’g’ri chiziqda yotgan kesmalar parallel. Geometrik yasashlarni bajarishga o’rgatishda yasash asboblaridan chizgich, sirkul, uchburchakli chizgich va transportirlardan foydalanishga o’rgatish mumkin. Sirkulni qo’llash chegaralangan bo’lib, aylana va doirani tasvirlash uchun qo’llaniladi.

  1. savol..7-9-sinflarda geometriya o’qitishning xususiyatlari

7-9 -sinflar geometriya o’quv dasturida bu fanning hayot va amaliy faoliyat bilan mustahkam aloqasini o’rnatish uchun ulchash va yasashlarga doir tushunchalarni shakllantirish, xususan, konus, shar, sirt yuzalarini hisoblash, piramida va aylanish jismlari hajmlarini hisoblash kiritilgan. O’quvchilar fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish va fazoviy konstruksiyalarda tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish uchun 9-sinf geometriya kursi to’la shu masalalarini o’rganishga bag’ishlangan.
Mazkur sinflarda planimetriya ko’proq va stereometriya ma’lum hajmda o’qitilishi ko’zda tutilgan. Bu kurs o’quvchilarga deduktiv isbotlashlar haqida, geometrik mulohazalar orasidagi bog’lanishlar haqida tushunchalar beradi. Avvalgidek, 8-sinf geometriya kursiga to’g’ri burchakli uchburchaklarda tomonlar bilan uchburchaklar orasidagi munosabatlar kiritilgan. Trigonometrik munosabatlar geometrik masalalar yechishning yangi usulini beradi va amaliy kullanishlarda katta axamiyatga ega.
Matematika o’quv dasturi bo’yicha geometriyada quyidagi mavzular o’rganiladi:

  1. sinf

Planimetriya. Boshlang’ich geometrik ma’lumotlar - 20 soat
Uchburchaklar - 24 soat
Paralel to’g’ri chiziqlar - 8 soat
Parallelogramm va uning turlari - 5 soat
Fales teoremasi va uning natijalari - 4 soat
Geometriya kursini aksiomatik qurish - 4 soat
Takrorlash - 3 soat

  1. sinf

Yuzalar - 8 soat
Pifagor teoremasi - 7 soat
Uchburchakda metrik munosabatlar - 5 soat
To’g’ri burchakli uchburchakda tomonlar bilan burchaklar orasidagi munosabatlar - 14 soat
Aylana va kupburchaklar - 11 soat Aylana uzunligi va doira yuzi - 8 soat Vektorlar - 8 soat O’xshash shakllar - 5 soat Takrorlash - 2 soat

  1. sinf

Stereometriya aksiomalari va uning sodda natijalari - 6 soat
To’g’ri chiziqlar va tekisliklarning paralelligi va perpendikulyarligi - 8 soat
Ko’pyoqlar - 10 soat
Aylanish jismlari - 6 soat
Ko’pyoqlarning yon va to’la sirtlari - 7 soat
Fazoviy jismlarning hajmlari - 11 soat Takrorlash - 4 soat
Geometriya o’qitishning quyidagi xususiyatlari mavjud:

  1. Planimetriya o’qitishda qo’llanib kelingan ko’rgazmali geometriya usullaridan voz kechmaslik lozim. Avvalgidek, o’qituvchi ko’rgazmalilikni keng qo’llashi, o’quvchilarni o’rganilayetgan shakllar xossalarini kuzatishga, bu xossalarni o’zlashtirishga yordam beruvchi amaliy ishlarga o’quvchilarni jalb etishi talab etiladi.

2.Shu bilan birgalikda o’quvchilar mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish bo’yicha ish olib borishlari zarur. Planimetriya tushunchalarini o’rganish bunga imkon beradi. So’ngra ularning orasidagi ichki bog’lanishlarni anglashga, bir xossalarning boshqalarga bog’liqligini bilib olishga imkon beradi. Har bir tushuncha va geometrik masalalar o’quvchilar mantiqiy fikrlashlarini o’stirish uchun xizmat qilmog’i kerak.

  1. Geometriyani o’rganish amaliy mazmunli va ishlab chiqarish mazmunli masalalar yechish bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofik.

  2. Qabul qilish va o’zlashtirish ongliligini oshirish uchun ularni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun har bir o’quv faoliyatini faollashtirish zarur. Buning uchun barcha o’quvchilarni umumiy sinf ishiga, mustaqil ishlarni tashkil etishga jalb kilish talab etiladi.

O’quvchilarning geometriyani o’qitish jarayonida fikrlashlarini rivojlantirishda quyidagi ikki usul keng imkoniyatlar yaratadi:a) izlanishga oid geometrik masalalar yechish; b)maqsadga yo’naltirilgan geometrik masala va mashqlar bajarish. Buni o’qituvchilar ish tajribasi va ilmiy- uslubiy tadqiqotlar natijalar yaqqol ko’rsatmoqda

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling