Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


Download 1.8 Mb.
bet18/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash

1.3.17. Dars ko’rinishlari: ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlari, o’quv-seminar, suhbat, kinodars, kompyuter mashg’ulotlari, mashqlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspedisiya, o’quv ishlab chiqarish va pedagogik amaliyoti, kurs, loyiha va bitiruv malakaviy ishlari, talabalarning mustaqil tahsili va hokazo.

  1. Darsning asosiy tarkibiy elementlari: tashkiliy qism; uyga berilgan yozma vazifalarni tekshirish; talabalar bilimini og’zaki tekshirish (yoki so’rash); yangi materiallarni tushuntirish; yangi materiallarni mustah-kamlash; uyga vazifa berish; darsni uyushqoqlik bilan yakunlash.

  2. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari: o’qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, darsning maqsad va vazifalari, tashkiliy ishlar, didaktik, uslubiy, metodologik, psixologik, pedagogik, o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash va yakuniy tahlillar.

  3. Darsga kirgan o’qituvchining qo’lida bo’lishi lozim: guruh jurnali, fan o’quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, dars texnologik xaritasi, o’quv-uslubiy materiallar.

  4. O’qituvchining darsga kirishdan oldin o’ziga qo’yadigan savoli: nega, nimani va qanday o’qitaman?

  5. Abu Ali Ibn Sinoning o’qituvchiga qo’ygan talablari:

  • talaba (o’quvchi)lar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’ling;

  • berilayotgan bilimni talaba (o’quvchi)lar qanday o’zlashtirib olayotganligiga alohida e’tibor bering;

  • ta’limda turli uslub va shakllardan foydalaning;

  • talaba (o’quvchi)larning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini biling;

  • talaba (o’quvchi)larni fanga qiziqtira biling;

  • talaba (o’quvchi)larga uzatilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bering;

  • bilimlarni talaba (o’quvchi)larga tushunarli hamda ularning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bering;

  • har bir so’zning talaba (o’quvchi)lar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishing.

  1. Didaktik vositalar

  • jixozlar va uskunalar, moslamalar: videoproyektor; elektoron doska; kodoskop;

  • video-audio uskunalar: videokamera;

  • kompyuter va multimediali vosita: kompyuter, videoglazok; sab-bufer.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling