Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 7.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Nazorat turlari Reyting bali Joriy nazorat; 45% – 45 ball 86% – 100%; «A’lo» Oraliq baholash; 40% – 40 ball 71% – 85%; «Yaxshi» Yakuniy baholash; 15% – 15 ball 56% – 70%; «Qoniqarli» Saralash ball; 56% 0% – 55%; «Qoniqarsiz» 1.9. TAVSIYA ETILADIGAN ASOSIY VA QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Asosiy adabiyotlar 1. Большаков В.А., Константинов Ю.М. и др. Сборник задач по гидравлике. - Киев: Вища школа, 1979. 2. Кисилёв П.Г. Гидравлика. Основы механики жидкости. - М.: Энергия, 1980. - 360 с. 3. Сборник задач по машиностроительной гидравлике: Учеб. пособие / Бутаев Д.А., Калмыкова З.А., Подвидз Л.Г. и др.; Под ред. И.И. Куколевского и Л.Г. Подвидза. - 4-е изд., перераб. - М.: Машиностроение, 1981.– 464 c. 4. Умаров А.Ю. Гидравлика. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. – 460 б. 5. Ҳамидов А.А., Исанов Ш. Р. Гидравлика. I- ва II-қисм. Маърузалар матни. – Тошкент: ЎзМУ нашри, 2000. 6. Ҳамидов А.А., Исанов Ш.Р. Гидравлика. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ЎзМУ нашри, 2003. 7. Ҳикматов Ф.К. Гидравликадан амалий машғулотлар. - Тошкент: ЎзМУ нашри, 1993 й. 8. Чугаев Р.Р. Гидравлика. Учебник. - Л.: Энергоатомиздат, 1982. - 672 с. 2. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Abdirashidov A. Suyuqlik va gazlar mexanikasi fanidan amaliy mashg’ulotlar. Uslubiy qo’llanma.– Samarqand: SamDU nashri, 2007– 114 b. 2. Abdirashidov A. Suyuqlik va gazlar mexanikasi. Dinamika. Uslubiy qo’llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2006.– 114 b. 3. Abdirashidov A. Suyuqlik va gazlar mexanikasi. Kinematika. Uslubiy qo’llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2005.– 154 b. 4. Альтшуль А.Д., Калицун В.И., Майрановский Ф.Г. и др. Примеры расчетов по гидравлике: Учебное пособие. - М.: Стройиздат, 1976. - 256 с. 5. Альтшуль А.Д., Киселев П.Г. Гидравлика и аэродинамика. Учебное пособие для вузов.– М.:Стройиздат, 1975.– 323 с. 6. Андреевская А.В., Кременецкий Н.Н., Панова М.В. Задачник по гидравлике. М.; Энергия, 1970. 7. Астарит Дж., Марруча Дж. Основы гидромеханики неньютоновских жидкостей. - М.: Мир, 1978. - 307с. 8. Богомолов А.И., Михайлов К.А. Гидравлика: Учебник. Изд. 2-е, перераб. и доп. - М.: Стройиздат, 1972. - 648 с. 9. Гегузин Я.Е. Пузыри. – М.: Наука, 1985. – 176 с. – Библиотечка «Квант», Вып. 46. 35 10. Гидравлика, гидромашины и гидроприводы: Учебник для машиностроительных вузов / Т.М.Башта, С.С.Руднев, Б.Б.Некрасов и др.–М.: Машиностроение, 1982.–423 с. 11. Голубева О., Ҳамидов А.А., Шахайдарова П. Туташ муҳитлар механикаси элементлари. - Тошкент: ЎзМУ нашри, 1998. 12. Емцев Б.Т. Техническая гидродинамика. 13. Ерохин В.Г., Маханько М.Т. Сборник задач по гидравлике и основам теплотехники. – М.:Энергия, 1979. – 238 с. 14. Задачник по гидравлике / Под ред. И.И. Куколевского. - М., Л.: Государственное энергетическое издательство, 1956. - 344 с. 15. Иделчок И.Е. Справочник по гидравлическим cопротивлениям. - М., 1960. 16. Калицун В.И., Дроздов Е.В. Основы гидравлики и аэродинамики.–М.:Стройиздат, 1980.–247 с. 17. Караушев А.В. Речная гидравлика. - Л., 1969. 18. Караушев А.В., Панчурин Н.А. Сборник задач по гидравлике. - Л.,1957. 19. Киселев П.Г. и др. Справочник по гидравлическим расчетам. Учебное пособие. - М.: Энергия, 1972 – 312 с. 20. Константинов Ю.М. Гидравлика. - Киев: Вища школа, 1981. 21. Кочин Н.Е., Кибель И.А., Розе Н.В.. Теоретическая гидромеханика. Часть 1. 6-е изд., перераб и дополн. - М.: Государственное издательство физико-математи-ческой литературы, 1963. - 583 с. 22. Кременецкий Н.Н., Штеренлихт Д.В., Алышев В.М. и др. Гидравлика: Учебник. - М.: Энергия, 1973. - 424 с. 23. Латипов К.Ш. Гидравлика, гидромашиналар, гидроюритмалар. - Тошкент: Ўқитувчи. 1992. 24. Майер В.В. Кумулятивный эффект в простых опытах. – М.: Наука, 1989. - 192 с. 25. Меркулов В.И. Гидродинамика. Знакомая и незнакомая. – М.: Наука, 1989. – 136 с. 26. Примеры гидравлических расчетов / Под ред. М. Константинова. - Изд. 3-е. - М: Транспорт, 1987. 27. Примеры гидравлических расчетов: Учеб. Пособие / Под ред. А.И. Богомолова - 2-е изд., перераб. - М.: Транспорт, 1977. - 526 с. 28. Рабинович Е.З. Гидравлика. 3-е изд., исправл. и перераб. - М.: Государственное издательство физико-математической литературы, 1961. 395 с. 29. Седов Л.И. Методы подобия и размерности в механике. – М.: Наука, 1987. 30. Справочное пособие по гидравлике, гидромашинам и гидроприводам / Я.М. Вильнер, Я.Т. Ковалев, Б.Б. Некрасов и др.; Под. ред. Б.Б. Некрасова. - 2-е изд., перераб. и дополн.- Минск: Высшая школа, 1985.-382 с. 31. Угинчус А. А., Чугаева Е.А. Гидравлика. - Л: Стройиздат, 1971. 32. Чугаев Р.Р. Гидравлика. - Л.: Энергия, 1970. - 552 с., ил. 33. Штеренлихт Д.В. Гидравлика. Учебник. - М.: Энергоатомиздат, 1984. - 640 с. 34. Штеренлихт Д.В. Гидравлика. Учебник. - М.: Энергоатомиздат, 1991, кн.1, 2 - 351 с.; доп. тираж - кн 1,2,3,4 - 151 с., 197 с., 180 с., 190 с. 35. Яковлева Л.В. Практикум по гидравлике. Учебное пособие.– М.: Агропромиздат, 1990.– 144 с. 3. Internet saytlari 1. http://www.edu.ru va http://www.edu.uz – ta’lim saytlari. 2. http://www.wolist.ru – gidravlika bo’yicha saytlar ro’yxati. 3. http://www.gidravl.narod.ru – gidravlika tadbiqiga oid sayt. 4. http://www.ask-h.ru – ASK-Gidravlika kompaniya sayti. 5. http://ru.wikipedia.org – erkin ensiklopediya «Vikipediya». 4. Jurnallar 1.«Ўзбек журнали: Механика муаммолари». 2.«Известия РАН. Механика жидкости и газа». 3.«Промышленная гидравлика и пневматика». 4.«Гидравлика и пневматика». 5.«Прикладная гидромеханика». 6.«Гидротехника и мелиорация». 7.«Гидротехническое строительство». 8. «Современное машиностроение». 36 5. Moddiy-texnik va yordamchi vositalar 1. Ko’rgazmali plakatlar. 2. Slaydlar dastasi. 3. Kompyuter dasturlari: Mathlab, MathCad, Mathematika va b. 4. O’quv filmlari, masalan «Гидравлика в технике (Союзвузфильм)» 5. Laboratoriya stendlari va uskunalari. 6. Ko’rgazmali asboblar. 6. Pedagogik texnologiyaga oid ba’zi adabiyotlar 1. Ostonov Q. Yangi pedagogik texnologiyalarni matematika o’qitish jarayonida tadbiq etish usullari. Uslubiy qo’llanma.– Samarqand: SamDU nashri, 2006.–72 b. 2. Авлиёқулов Н. Замонавий ўқитиш технологиялари.-Т., 2001. 3. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат - Т.: ТДПУ, Низомий, 2003. 4. Ахунова Г.Н., Голиш Л.В., Файзуллаева Д.М. Педагогик технологияларни лойиҳалаштириш ва режалаштириш. – Тошкент: Иктисодиёт, 2009. 5. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. - М.: Педагогика, 1989. 6. Голиш Л.В. Технологии обучения на лекциях и семинарах: Учебное пособие //Под общ. ред. акад. С.С. Гулямова. - Т.: ТГЭУ, 2005. 7. Епишева О.Б. Основные параметры технологии обучения. //Школьные технологии.-2004.-№ 4. 8. Ишмухаммедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар). – Тошкент: Истеъдод, 2008. – 180 б. 9. Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари. Т.: Ўқитувчи, 2004. 10. Очилов М. Янги педагогик технологиялар. - Қарши, 2000. 11. Саидахмедов Н.С. Педагогик амалиётда янги педагогик технологияларни қўллаш намуналари. - Т.: РТМ, 2000. 12. Саидахмедов Н.С. Янги педагогик технологиялар. – Тошкент: Молия, 2003. 13. Селевко Г.К. Современные образовательные технологии: Учебное пособие. - М.: Народное образование, 1998. 14. Толибов У., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг татбиқий асослари. – Тошкент, 2006. 15. Толипов Ў., Усмонбоева М. Педагогик технология:назария ва амалиёт. - Т.: Фан, 2005. 16. Фарберман Б.Л. Передовые педагогические технологии. -Т.: Фан, 2000. 17. Холмухаммедов М.М. ва бошқалар. Таълим педагогик технологиялари. Услубий қўлланма. – Самарқанд, 2005. – 49 б. 37 II - BO’LIM «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA REJA – TOPSHIRIQ VA O’QUV-USLUBIY MATERIALLAR MAJMUASI 38 1-MA’RUZA KIRISH. GIDRAVLIKA FANINING PREDMETI, TARIXI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI. SUYUQLIKNING TURLARI VA UNING ASOSIY FIZIK XOSSALAR MASHG’ULOTNING REJA-TOPSHIRIG’I Ma’ruza rejasi: 1. Fanning umumiy o’quv maqsadlari. 2. Gidravlika fanining mazmuni. 3. Gidravlika fani rivojining qisqacha tarixi. 4. Suyuqlik va gazlarning mexanik xarakteristikalari va asosiy xossalari. Mashg’ulotning maqsadi: «Gidravlika» fanining o’rni, ahamiyati hamda shu fan bo’yicha umumiy tasavvurni berish, suyuqlik va gazlarning mexanik xarakteristikalari va asosiy xossalarini tushuntirih. Talabaning o’quv faoliyati natijalari: fanning maqsad va vazifalarini aytib bera oladi; fanning tuzilmasi, o’quv faoliyatining o’ziga xos hususiyatlari va baholash shakllarini aytib bera oladi; fanning nazariyasi va amaliyoti yutuqlarini yoritib bera oladi; fanning hozirgi kunda dolzarb ekanligiga oid tushunchaga ega bo’ladi; boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq ekanligiga oid tushunchalarga ega bo’ladi. suyuqlik va gazlarning mexanik xarakteristikalari va asosiy xossalariga oid tushunchalarga ega bo’ladi va ularga ta’rif beradilar. Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar: 1. Ma’ruzani matni bilan tanishib chiqing va tushunchalarni ayting. Eslatma: Matnga qarang. 2. O’quv topshiriqlar bilan tanishib chiqing. Eslatma: Sinov savollariga qarang. 3. Ishlash qoidalari bilan tanishing. Eslatma: Ta’lim texnologiyasi qoidalariga qarang. 4. Mustaqil ishni bajaring. Eslatma: Muammoli savollarga qarang. Nazorat shakli: Og’zaki nazorat, savol- javob va o’z-o’zini nazorat qilish. Maksimal ball: _______ ball Talabaga qo’yilgan ball: _____ O’qituvchi imzosi: _____________ 39 MASHG’ULOTNING O’QUV-USLUBIY MATERIALLARI 1.1. Fanning umumiy o’quv maqsadlari 1. Kirish (Fanning o’rni va ahamiyati, rivojlanish taraqqiyoti, nazariy va metodologik asosi va o’rganiladigan muammolari bayon etiladi). Gidravlika – bu nazariy fan bo’lib, u har xil tabiiy va texnogen sharoitda suyuqlikning mexanik harakati bilan bog’liq masalalarni o’rganadi. Tabiiyki, suyuqlik (va gaz) uzluksiz va ajralmas fizik jism deb qaralib, tutash muhit mexanikasining bir bo’limi sifatida ham qaraladi. Shu sababli ko’pincha gidravlikani suyuqliklar mexanikasi yoki gidromexanika deb ham atashadi. Gidravlikaning tadqiqot predmeti – bu suyuqlik va gazlar muvozanati va harakatining asosiy qonunlari. Klassik mexanika kabi gidravlikani ikkita tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: gidrostatika (suyuqlikning muvozanati qonunlarini o’rganuvchi bo’lim); gidrodinamika (suyuqlik harakati asosiy qonunlarini va harakatning kelib chiqish sabablarini o’rganuvchi bo’lim). Shunday qilib, gidravlika – bu suyuqlik va gazlarning harakat va muvozanat holatlari, qonunlari va ularni turli amaliy va texnik masalalarga qo’llash usullari haqidagi fan. Fanning maqsadi: mexanika yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talaba-larga gidravlika fanini amaliyotga tadbiq qilish, tajribaviy natijalar va nazariy ma’lumotlar asosida olingan qonunlar va formulalarni texnika va ishlab chiqarish obyektlarida, gidroinshootlarda ishlatishni o’rgatish. Bu fanda o’rganilayotgan obyekt suyuqlik va gaz bo’lib, ular oson deformasiyalanuvchan materiallar hisoblanadi. Bu o’z navbatida massaning, impulsning, energiyaning saqlanish qonunlarini maxsus shakllarda yozishni va ularni yechishning maxsus usullarini o’rganishni talab qiladi. Demakki, masalaning matematik qo’yilishi korrekt bo’lishligi talab qilinadi. Gidravlika fani har xil texnik sohalarda qo’llaniluvchi chuqur amaliy ahamiyatli masalalarga ega muhandislik fanining zamonaviy darajasini o’zida aks ettiruvchi fan bo’lib, bu fan mashinasozlik, gidrotexnik inshootlar, daryo, ko’l va o’zanlar, suvlar taqsimoti muammolarini, oqimlarning mexanik xossalarini tekshirish yo’llarini o’rgatadi va u gidrotexnik inshootlarning mustahkamligi va mashinasozlik sanoatida gidrodinamik muammolarni hal qilishga qo’llanladi. Shuning uchun bu fan mexanika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Fanning masalalari: gidrostatika va gidrodinamikaning nazariy asoslarini egallash, ideal va real suyuqliklarning harakat qonuniyatlarini hamda ularning qattiq jismlar bilan o’zaro ta’sirlashish usullarini o’rganish; qurilma elementlari, gidroinshoot, gidravlik asboblar va mexanizmlarning qo’llanilishini o’rganish; murakkab quvur o’tkazgichlar, gidroinshoot element-lari, gidravlik asboblar va mexanizmlar hisobi, xususan: suyuqlikning ochiq o’zan va kanallardagi, suvo’tkazgich suvtashlagich quvurlardagi, tutash inshootlar va gruntlardagi harakati bo’yicha sodda muhandislik masalalarini yechish orqali olgan bilimlarni mustahkamlash. 2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar. Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba: bakalavr quyidagi nazariy bilimlarga ega bo’lishi zarur va ulardan foydalana olishi: - suyuqlik va gazlarning asosiy xossalari haqida asosiy tushuncha va ta’riflar; - suyuqlikning muvozanati holatida va tekis yoki notekis harakati holatida asosiy qonunlar; - ko’ndalang kesimi har xil quvurlarda suyuqlikning taziyqli (naporli) va taziyqsiz (naporsiz) harakati; - suyuqlikning tekis harakatida yo’qotilgan naporni aniqlash; - suv va gaz o’tkazish quvurlarining gidravlik hisobi; - suyuqlikning ochiq o’zanlardagi, kanallardagi, prizmatik o’zanlardagi barqaror va nobarqaror harakati qonunlari; - suyuqlikning qattiq jism bilan o’zaro ta’siri; - ochiq o’zan, kanallar va prizmatik novlarda suyuqlikning vaqtga bog’liqsiz va bog’liqli harakat qonunlari; 40 bakalavr quyidagi amaliy qo’nikmalarni egallashi zarur: - suyuqlik va gaz oqimlarining gidravlik hisob usullaridan foydalanib suv o’tkazgich quvurlar, o’zanlar va kanallarning tuzilishi, ko’ndalang kesimi va gidravlik nishabligini e’tiborga olgan holda ularning asosiy gidravlik parametrlarini hisoblash; - suyuqlikning qattiq jism bilan o’zaro ta’sirida ta’sir kuchlarini aniqlash; - suyuqlikning idish teshigi va tuynuklaridan oqib chiqishini, suyuqlik oqimida gidravlik zarba va gidravlik sakrashni hisobga olgan holda nasoslar, idishlar, suv havzalarida gidravlik parametrlarni hisoblash; - har xil yo’nalishdagi mutaxassislar bilan hamkorlikda amaliy va muhandislik masalalarini qo’yish va ularni yechish usullarini o’rganish. bakalavr quyidagilar haqida tasavvurga ega bo’lishi zarur: - suyuqlik va gazlar haqidagi amaliy gidrodinamika, gidravlika fanlari, ularning gipotezalari va uning gidrotexnika, meliorasiya masalalari bilan bog’liqligi haqida; - suyuqlik va gazlarning kanallar, quvurlar va o’zanlardagi har xil harakat turlari haqida; - suyuqlikning sokin, shiddatli va tekis oqimi hamda gidravlik sakrash haqida; - suyuqlik va gazlar harakati jarayonlarida o’xshashlik va o’lchamlar nazariyasi haqida; - gidromexanik hodisalarni modellashtirish asoslari haqida; - suyuqlik va gazlar oqimida ekologik masalalar haqida; - laboratoriya va tabiiy sharoitda o’tkaziladigan gidravlik eksperimental ishlar haqida. bakalavr quyidagilar yuzasidan malakalarni egallashi zarur: - gidromexanik hodisa va jarayonlarning matematik modellarini qo’llab shaxsiy kompyuterlarda gidravlik hisob ishlari olib borish; - o’tkazgich quvurlar, ochiq o’zanlar va kanallarda ularning konfigurasiyasini hisobga olgan holda gidravlik hisoblar olib borish; - o’tkazgich quvurlar yordamidagi harakatlar; - gidravlik sakrash; - suv tashlamalarda hisoblash; - idishlardan oqib chiqishni hisoblay olish; - laboratoriya sharoitida sodda gidromexanik tajribalarni o’tkazish. 3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-kerligi (Fanning boshqa turdosh fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va uzviyligi haqida ma’lumot beriladi). Gidravlika fani nazariy mexanika, tutash muhitlar mexanikasi, matematik analiz, algebra, analitik va differensial geometriya, differensial tenglamalar, hisoblash usullari fanlari bilan bog’langan bo’lib, bu fanlar talabalarning gidravlika fanini chuqur o’zlashtirishlari uchun zarur fanlar hisoblanadi. Shuningdek, talabalar turli texnik obyektlar gidravlik hisoblarini ilg’or va zamonaviy hisob usullarida bajara olishlari, hisob ishlarini shaxsiy kompyuterlarda bajara olishlari uchun ular informatika fanini mukammal o’zlashtirib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq qilgan holda, Maple, Mathlab va MathCad kabi matematik dasturlar va mavjud elektron darsliklar, veb-saytlardan unumli foydalanib, dastur tuzishlari hamda uni amalda bajara olishlari kerak. Bunda asosan, talabalar ma’ruzalar matnlarini o’rganish, uni labaratoriya ishlari bilan birgalikda olib borish hamda amaliy mashg’ulotlarni shaxsiy kompyuterlarda bajarish ko’nikmalarni hosil qilish kerak. 4. Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik. Bu jarayonga tayyorgarlik ko’rishda faqatgina ma’ruza materiallari bilan cheklanib qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo’llanma va darsliklardan foydalanish lozim. Bu bir tomondan dars hajmining kamligi sababli ma’ruza darslarida yetkazishning imkoni bo’lmagan mavzularni to’ldirishga, ikkinchi tomondan esa chuqur bilim olish va masalalarni yechish ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Bu o’z navbatida talabaning mustaqil bilim olishini, adabiyotlar bilan ishlash ko’nik-malarini shakllantiradi. 5. Amaliy mashg’ulotlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va uni o’tkazishga tayyorgarlik bo’yicha tavsiyalar. Talabaning nazariy ma’lumotlarni va umumiy fanni o’zlashtirish darajasi uning amaliy masalalarni, seminar mashg’uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil yecha olishi, uy vazifalarini bajara olishi darajasi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun talaba fanning har xil bo’limlaridagi tipik masalalarni mustaqil yechish ko’nikmalarini egallashi lozim. Bu jarayonda talaba 41 o’rganilayotgan fanning ma’nosiga chuqurroq yetib borgan holda aniq amaliy masalalarni yechishda umumiy nazariy qonuniyatlarni qo’llay oladi. Buning uchun talaba amaliyot darslarida qiyinlik darajasi oshib boruvchi kamida 5-6 ta masala yechishi zarur. Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o’rtacha qiyinlikdagi va uslubiy manbalardan foydalangan holda yechish mumkin bo’lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq. Bunda o’tilgan nazariy ma’lumotlar va masalalar yechishning maxsus uslublaridan foydalanilishiga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, talabani shu fanga kiruvchi har xil bo’limlarga oid masalalarni nazariy ma’lumotlarga tayanib yechishga o’rgatiladi. Bu jarayonda quyidagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: masalaning qo’yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning hammasini SI birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini kiritish; masalani yechish jarayonida qo’llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o’zida aks ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil qilish; masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish; masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish; o’lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to’la foydalana olish, yechimning ishonchliligini baholay olish; masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik xulosalar chiqara bilish. Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq: uy vazifalarini tekshirish; nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish; dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish; mustaqil ish topshiriqlari himoyasi. Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladi-gan natijalar: mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish; masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish; masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. Download 7.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling