Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviyligi
“Mutaxassislikka kirish” fani umumkasbiy fanlar bokiga kiritilgan kurs
hisoblanib, 1-kursning 1-semestrida o‘qitiladi.
Mutaxassislikka kirish fanini o‘qitishning muayyan holatlarida talabaning
ona tili, tarix kabi o‘rta ta’lim tizimida egallagan bilimlariga tayaniladi.
Umuman olganda, kursni o‘zlashtirish uchun quyi ta’lim bo‘g‘inlaridagi
“Ona tili” fani bo‘yicha egallagan ma’lumotlar zamin vazifasini o‘taydi.
Mazkur fan “Umumiy tilshunoslik”ning dastlabki bosqichi bo‘lib, umuman,
murakkab til hodisalarini to‘g‘ri tushunishga, ma’lum bir til hamda qardosh til
guruhlarini, lug‘at tartibini, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda
chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy zamin yaratadi hamda oliy ta’limdagi
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek tilining stilistikasi”, “Ritorika”, “Mazmuniy
sintaksis”, “O‘zbek tilshunosligi tarixi”, “Ona tili o‘qitish metodikasi”,
shuningdek, magistratura bosqichidagi “O‘zbek tilshunosligining nazariy
masalalari” kabi o‘quv kurslari ta’limiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dasturning asosiy qismi (ma’ruza)da kurs mavzulari mantiqiy izchillikda
beriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib
beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan
bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinadi.
Asosiy qism sifatida qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning
ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda
bo‘layotgan til ta’limi sohasidagi o‘zgarishlar, til imkoniyatlarini egallashni
takomillashtirish, ta’lim va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini
qamrab olinishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e’tiborga
olinishi tavsiya etiladi.
Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarning mutaxassislik - tilshunoslik fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta
maxsus ta’lim muassasalarida olgan bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish;
o‘zbek tilshunosligi ilmida qo‘llanilayotgan atamalarni o‘zlashtirish, ma’lum bir til
hamda qardosh til guruhlarini bir-biriga solishtirib, muayyan til hodisalarini, lug‘at
tartibini o‘rganishga doir olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, til taraqqiyotining
ichki va tashqi qonuniyatlarini belgilash va tilshunoslikning nazariy masalarini
chuqur o‘rganishga da’vat etib, puxta bilimli mutaxassis tayyorlash muhim
ahamiyatga ega.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |