Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni o‘qitishdan maqsad
- Fanning vazifasi
Fanning predmeti va mazmuni – unda tilning murakkab mohiyat sifatidagi
tavsifi, tilning paydo bo‘lishi haqidagi asosiy farazlar, til va tafakkur munosabati, til va madaniyat munosabati, tilning belgilar sistemasi ekanligi, tilshunoslik va uning bo‘limlari, til va yozuv munosabati, dunyo tillarining tipologik tasnifi, lingvistika turlari va lingvistik metodlar haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Fanni o‘qitishdan maqsad – “Mutaxassislikka kirish” fanining asosiy maqsadi 9 Davlat ta’lim standartlari asosida bo‘lajak pedagog kadrlarni fanining o‘rganish obyekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarini hal qilishni taqozo qiladi Fanning vazifasi - ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, til sathlari, birliklari va ularning namoyon bo‘lish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining tasnifi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir. Mutaxassislikka kirish o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - tilning mohiyati, til va tafakkur, ularning bog‘liqligi, til va mantiq birliklarining o‘zaro munosabati, til va nutqiy faoliyat, til va nutq birliklari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi ; - tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar; til sistemasi va strukturasi; tilshunoslik sathlari haqida umumiy ma’lumot; jahon tillari tasnifi, tipologik va genealogik tasnif; lingvistika turlari va lingvistik metodlarni bilishiga; - til sistemasi va strukturasini farqlay olish; fikr almashinuv (kommunikatsiya) va uning asosiy vositalari, til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan munosabatini, o‘zbek tili sathlarini farqlay olish ko‘nikmasiga ega bolishi; - jahon tillari tasnifi; lingvistika turlari va lingvistik metodlar haqida masalalarida o‘zining nuqtayi nazarini asoslab berishi, nazariy fikrlardan amaliy masalalarni yechishda foydalana olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling