Alisher navoiyning


Download 3.68 Mb.
bet5/6
Sana03.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1744590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-sinf Adabiyot fani Alisher Navoiy Farhod va Shirin dostoni ochiq dars ishlanma

Keyingi slayd
Oldingi
slayd
Keyingi slayd
Oldingi
slayd
“Farhod va Shirin” Alisher Navoiyning epik poeziya sohasidagi alohida katta muvaffaqiyatidir. O‘zbek, fors – tojik, ozarbayjon adabiyotlarida ishqiy sarguzasht qissalar uzoq tarixga ega bo‘lib, ishqiy mojarolar bilan to‘lib – toshgan bunday manzumalar asosida muayyan g‘oyaviy niyatni ifodalaydigan asarlar yaratish katta mahorat sanalgan.
Bugungi yoshlarimiz qiyofasida ham Navoiy idealidagi Farhodga xos xislatlar mavjud desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunonchi, yoshlarimizning bunyodkorlik ishlari, asriy tog‘larni zabt etishi, yer qa’ridan oltin qazib olishi, osmono‘par imoratlarni qurishi, mamlakatni bog‘u bo‘stonga aylantirishi, ilm – fan bobida dunyo olimlarini hayratda qoldirishi Navoiy orzularining hayotiy va real ekanligidan dalolatdir. Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki jahon adabiyotidagi eng yorqin siymolardan biridir. Bu buyuk bobokalonimiz qoldirgan ulkan merosda olam va odamga bog‘liq bo`lgan hodisalar favqulodda teran nigoh bilan tahlil etilgan. Ularda inson mohiyati, uning ijtimoiy vazifasi, burch va mas’uliyatlari, imkoniyat va ojizliklari yuksak badiiy ohanglarda tasvirlangan.
Keyingi slayd
Oldingi
slayd
FARHOD VA SHIRIN" - turkiy xalqlar adabiyotlarida anʼanaviy mazmunga ega boʻlgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi.
Shirin va Farhod forstojik adabiyotida 10—11-asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiy Ganjaviyning "Xusrav va Shirin", Xusrav Dexlaviyning "Shirin va Xusrav", oʻzbek shoiri Qutbning "Xusrav va Shirin" dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga "F. va SH" deb nom qoʻygan.
Navoiy yigitlik davrida "Topmadim" radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qayta qayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, unda shunday bir bayt bor:
Koʻp oʻkudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,
Oʻz ishimdin bulʼ ajabroq dostone topmadim.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling