Keyingi slayd
Oldingi
slayd
Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qayta qayta oʻqigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy his tuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483—84 yillarda amalga oshirilgan.
Navoiyning "F. va Sh." dostoni u yaratgan "Xamsa"ning 2-dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakkayu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, tosh yoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi.
Keyingi slayd
Oldingi
slayd
Dars yakuni:
Bugun biz sizlar bilan Alisher Navoiyning “Xamsa”sidan o`rin olgan 2- yirik doston “Farhod va Shirin” dostonini o`rgandik. Farhod obrizining qay darajada mard, o`ktam o`g`lonligi, Shirinni oqila, dono qiz ekanligini o`rgandik. Aziz o`quvchilar kelgusi darsimizgacha ,aktab kutubxonasidan “Xamsa” asarini olib “Farhod va Shirin” dostonini mustaqil ravishda o`qib o`rganib kelasizlar.
Keyingi slayd
Oldingi
slayd
Darsni mustahkamlash:
- Navoiy nima uchun "Farhod va Shirhi"ni "shavq dostoni" deb ataydi? Unda ulug'langan ishq qanday mohiyatga ega edi?
- Navoiyuing mazkur asari qaysi jihatlari bilan xamsachilikdagi yangilik hisoblanar ekan?
- "Shabistonida tug'di bir yangi oy, Yangi oy yo'qqi, meg'ri olamoroy" baytini izohlang. Undagi "shabiston", "yangi oy", "mehri olamoroy" so'z va iboralarning istioraviy ma'nosini tushuuntiring.
- "Yuzinda ishq asrori yozilg'an, Ichinda dard ta'vizi qozilg'an" baytida Farhodga xos bo'lgan qaysi jihatlar ifoda etilgan?
Keyingi slayd
Oldingi
slayd
Uyga topshiriq:
“Farhod va Shirtin” dostonini o`qib o`rganish.
Keyingi slayd
Oldingi
slayd
ETIBORLARINGIZ
UCHUN
RAXMAT!
Birinchi slayd
Oldingi
slayd
Do'stlaringiz bilan baham: |