Alisher navoiyning
Download 3.68 Mb.
|
9-sinf Adabiyot fani Alisher Navoiy Farhod va Shirin dostoni ochiq dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyingi slayd Oldingi slayd
Keyingi slayd
Oldingi slayd Buyuk shoirning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi haqida ham shu gapni aytish mumkin. Farhod xarakteriga xos o‘qishga, ilm – fanga, san’atga havas, insonparvarlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar Alisher Navoiy shaxsiyatida ham mavjuddir. Shunga ko‘ra, Farhod obrazini o‘rganishda o‘quvchilar e’tibori bu masalaga ham jalb etiladi. Jahon adabiyotida asar qahramonlari haqida ko‘plab misollar keltirilgan. Ochig‘i, adabiyotning daholari o‘z roman, povest va sahna asarlarida komil inson siymosini yaratishga harakat qilgan. Ammo biror – bir buyuk adib qahramon siymosini Alisher Navoiy darajasigacha yetkaza olmagan, sababi Navoiy ideali — Farhod obrazida insonga xos barcha ijobiy sifatlar badiiy mahorat bilan ishonarli va obrazli tasvir etilgan. Farhod siymosida kishilikning ezgu orzusi bo‘lgan mehnatsevarlik, ilmga muhabbat, gumanizm, sahiylik, vatanparvarlik, qahramonlik, shu bilan birga, pok sevgi yo‘lida o‘zini baxshida etish kabi ibratli voqealar bayon etilganki, kitobxon dostonni o‘qirkan hayajonga tushadi, o‘zini qahramonlar safiga qo‘yadi, dardiga sherik bo‘ladi, ba‘zan yig‘laydi. Jasur Farhodning jodugar hiylasi bilan jon berishi, go‘zal Shirinning Farhod nomini takror va takror tilga olib hayotdan ko‘z yumishi albatta kitobxonning ruhiyatiga, afsus va nadomatiga, qaro kuchlarini lanatlashiga sabab bo‘ladi. Dostonning badiiy – estetik kuchi ham shundadir. “Xamsa” dostonlaridagi ijobiy qahramonlar Farhod, Shirin, Mehinbonu, Qays, Layli, Shopur, Navfal, Iskandar, Arastu va boshqalar ijobiy ibrat namunalaridir. Ular o‘z hayoti mazmunini insonga, xalqqa xizmat qilishda ko‘radilar. Ular eng olijanob insoniy tuyg‘ularni o‘zlarida mujassam etganlar. Bu qahramonlarning faoliyati hayot go‘zalligi, inson qalbi pokizaligining yorqin timsolidir Keyingi slayd Oldingi slayd Navoiy obrazlarni tayyor holda bermaydi. Farhod va Shirin obrazlari voqeaning o‘zi bilan birga kurash va to‘qnashuvlarda, izlanish va sinovlarda o‘sib, kamol topib boradi. Bu, birinchi navbatda, dostonning bosh qahramoni Farhod obraziga taalluqlidir. Har bir obraz o‘z individual jihatlari bilan, dunyoqarashi, maqsadi, kishilarga munosabati, xulq – atvori va tashqi qiyofasi bilan to‘la namoyon bo‘ladi. Navoiy yaratgan obrazlar ichki ruhiy kechinmalari bilan ham kitobxonning ko‘z o‘ngida mukammal gavdalanadi. Bunga, xususan, ko‘zguda Shirinni ko‘rgan Farhodning holati, Shirinning Farhodga yozgan dard – alamli maktubi va boshqalar yorqin misol bo‘la oladi. Buyuk Navoiyning xizmatlari shundaki, dostonni yaratishda o‘z idealini faqat Farhod siymosidagina emas, ayol zotining barcha go‘zalliklarini, jasoratini, pok sevgisini o‘zida mujassamlashtirgan Shirin obrazini hayotiy, jitimoiy, ma’naviy timsolini yaratadi. “Farhod va Shirin”dagi bu tasvir Shirin kabi komil insonlarni yetishtiruvchikomil sharoitni ham nazarda tutadi. Shunday bo‘lganda faqat erkaklargina emas, balki ayollar ham o‘z qobilyatlari va imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqara oladilar. Bu esa Alisher Navoiyning orzusi va asosiy maqsadi hamdir. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling