Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova
Download 461.14 Kb. Pdf ko'rish
|
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida
www.scientificprogress.uz
Page 967 Alla-bolalar folklori janri sifatida dunyo xalqlari adaboyotida fikr, mulohazalar yetarlicha. Bu janr o‘zbek bolalar folklori janri sifatida ham bir qancha tadqiqodchilarimiz tomonidan o‘rganilib, o‘ziga xos tavsiflarga ega bo‘lgan. Shuningdek, professor To‘ra Nafasof allalarning tuzilishi xususida so‘z yuritar ekan, allalar xalq qo‘shiqlarinnng bir janri sifatida o‘ziga xos tuzilishga ega ekanligini ta’kidlaydi. Professor To‘ ra Nafasovning fikriga ko‘ra allalarning bandi miqdori turlicha. Eng kichigi ikkiliklardan iborat. To‘rtliklar allalarning asosini tashkil etadi. Beshlik, oltilik, sakkizlik va undan ko‘p misrali allalar ham mavjud. Hatto 20 misralik allalar ham yozib olingan. Ko‘rinadiki, allalarning misralarida cheklanish, deyarli, yo‘q. Allalarning miqdori allachining holati, kayfiyati, bilag‘onligi, zukkoligi, donoligi, she’riyatga munosabati kabi qator omillarga bog‘liqdir. To‘rtliklar shaklidagi allalar tuzilish jihatidan xalq qo‘shiqlariga o‘xshab ketadi. O‘xshash deyish albatta shartlidir, ya’ni faqat misralarning miqdorida bir xillik bor. Mazmunan tubdan fardlanadi, aytuvchilari ham, yaratuvchilari ham o‘zga-o‘zga shaxslar, aytilish makoni va zamoni ham farqli. To‘rtliklarning 1-2- misralarida onaning falsafiy va hayotiy mulohazalari, tabiat va jamiyat haqidagi kuzatuvlari natijasi, turli-tuman fikrlari aks etgan bo‘ladi. To‘rtlik allalarning ana shu boshlanish qismi qo‘shiqlar misralaridagi fikrga, ohangga mos. Ammo so‘nggi 3-4-misra bola haqidagi fikrlar: istak, orzu, umid, niyat, tilak, xohish, kelajak rejalari va shunga o‘xshash mazmundagi misralar bilan ifodalanadi. Bu qismning mundarijasi qatiy, faqat farzand tasviri. Allaning maxsuslanishi ana shunda namoyon bo‘ladi. Osmonlarda uchar qush, alla, Uchar qushning yo‘li bo‘sh, alla, Uxlab yotsang allangda, alla, Onang ko‘ngli bo‘lar xush, alla. Ikki misralik allalar ham anchagina. Ikkiliklar, asosan, bola ta’rifi mazmunida tuzilgan. Bunday misralar sonini oshirish oson, tovush tuzilishi oson va bir xil jaranglaydigan so‘zlar tanlanadi, ularga sifatlashlar qo‘shiladi, natijada to‘rt, besh, olti va undan ko‘p misrali allalar yaratiladi. Bu tur allalarning boshi va oxirida «alla-yo, alla» birikmasi takrorlanadi, O‘zbek allalari — xonadon qo‘shig‘i. Ayol jinsiga mansub kishi uni yoshligidan o‘rganadi, tevaragida onasi aytgan alla qulog‘ida qoladi, xotirasiga muhrlanadi, alladagi yaxshi fikrlar, ibratlar, umumlashmalar xonadondagi katta- kichikning shuuriga singadi. Ona alla orqali oiladagi kishilarning barchasiga ezgulik tarqatadi. U ezgulik jilvasi ila yaxshi fikrlar mujassamlangan she’riyat orqali oila azolarini ipsonparvarlik g‘oyalari bilan oziqlantiradi. Allaning tarbiyaviy kuch-qudrati buyuk, u faqat chaqaloq uchun yaratilgan she’riyat emas, u ayni vaqtda kattalarning ham she’riy merosi. Shuning uchun uni yoshlarga SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 461.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling