Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova


Download 461.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana04.01.2023
Hajmi461.14 Kb.
#1077694
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida

www.scientificprogress.uz
 
Page 972
nazokat bilan bog‘liq tuyg‘ularni ko‘rsatishga xizmat qiluvchi sifatlashlarga murojaat 
qilishadi: shu niyatda qo‘zichoq, qo‘chqor, olqor, toychoq, saman, toyloq, bo‘taloq, 
kiyik, serka, bulbul, qizil gul obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos bir fazilatni 
ko‘rgilari kelib, shular vositasida farzandlarini ko‘rgilari kelib, shular vositasida 
farzandlarini e’zozlashadi.
Oxunjon Safarov o‘z tadqiqotlarida o‘zbek allalarini mazmun va kompozitsiya 
jihatdan parokanda va voqeaband allalarga bo‘linishini aytib o‘tgan. Tadqiqodchi
allalarni mazmun jihatdan maishiy va tarixiy allalar mavjud ekanligiga urg‘u beradi. 
quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganadi va har bir turning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib 
o‘tadi.
1.Parokanda; 2. Voqeaband; 3. Maishiy; 4.Tarixiy
Har bir mustaqil mazmun bildiruvchi to‘rtlik allalar parokanda xisoblanadi. 
Parokanda - tartibsiz, tarqatilgan ma’nosini ifodalaydi. Binobarin, parokanda
allalarning har birini alohida aytish mumkin. 
Voqeaband allalarda misralardagi mazmun bir-biriga bog‘lanadi, ya’ni 
voqeasi bandlangan - bog‘langan bo‘ladi. Ularni oldinma-keyin aytish mumkin emas. 
Ma’lum bo‘ladiki, voqeaband allalarning mazmunan birligi ularni aralash 
yoki almashtirib ijro etishga yo‘l qo‘ymaydi. Maishiy allalarda lirik yo‘nalish yetakchi 
bo‘ladi. Agar avvalgi tur allalarda ona maqsadi, asosan, alla aytishga qaratilgan 
bo‘lsa, maishiy turda ona endi alla aytishdan ham ko‘proq o‘zining ichki g‘amini,
dard-xasratini ifodalaydi. Endi alla faqat vosita vazifasini o‘taydi. Bosh maqsad esa, 
his-tuyg‘uni ifodalashga qaratilgan bo‘ladi. 
Tarixiy allalar nisbatan kam aytilgan. Ularda muayyan davr, voqea-xodisa 
aks etgan.
Shuningdek alla qo‘shiqlarining janr sifatida o‘rganilish masalalari yuzasida 
so‘z yuritar ekanmiz Muzayana Allaviyaning ham bu boradagi qarashlarini e’tirof etish 
joiz.
Alla qo‘shiqlari xususida qancha so‘z yuritsak ham oz. Fikrimizcha, bu 
qo‘shiqlar maktab darsliklariga ham kiritilishi, 6-sinf adabiyot fani dasturidan o‘rin 
egallagan “Xalq qo‘shiqlari” mavzusi tarkibida o‘rganilishi lozim. Shunda alla 
qo‘shiqlarining xalq og‘zaki ijodida tutgan o‘rni, uning inson ruhiy kamolotida o‘ziga 
xos mavqe, bolalar folklori janri sifatida eng salmoqli va keng ko‘lamli qo‘shiqlar 
sirasiga kirishi hususidaqi qarashlar har bir inson ongida o‘zi aksini topadi va qadim 
tarixga ega alla qo‘shiqlarimizning gullab-yashnashida asosli turtki bo‘la oladi.

Download 461.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling