Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova


Download 461.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana04.01.2023
Hajmi461.14 Kb.
#1077694
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida

www.scientificprogress.uz
 
Page 971
hisoblanadi. Ammo bu bilan barcha o‘zbek allalari faqat to‘rtlik shakldan iborat deyish 
to‘g‘ri emas. Chunki o‘zbek onalari repertuarida faqat birgina uchlik, beshlik, oltilik, 
yettilik va sakkizlik shaklidagi allalar ham shuningdek, uchlik, beshlik, oltilik, yettilik 
va sakkizlik shaklidagi bir necha banddan tarkib topgan yagona g‘oyaviy-estetik 
mazmunga ega allalar ham mavjud. Bu xildagi strofik rang-baranglik onaning allaning 
kuylayotgan vaziyatdagi kayfiyatining natijasi bo‘lib, bu kayfiyatda ifodalanishi 
kutilgan niyatning salmog‘i, yo‘nalishiga bog‘liq. O‘zbek allalarida shunday ichki bir 
mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun birligini ta’minlab 
turadi. Shu fikrning dalili sifatida tubandagi allani ko‘zdan kechiraylik: 
Alla-yo alla,
Oppoq qizim, alla, 
Qaymoq qizim, alla, 
Go‘zal qizim, alla, 
Asal qizim, alla, 
Oqcha qizim , alla, 
Zoqcha qizim, alla. 
Sanam qizim, alla, 
Tamtam qizim, alla. 
Erka qizim, alla, 
Serka qizim, alla. 
Chaman qizim, alla, 
Saman qizim, alla. 
Ko‘rinib turibdiki, bu alla erkalash xususiyatiga ega. Unda strofik bo‘lak –
ikkilik shaklda. Barcha qofiyadosh so‘zlar sifatlash (epitet) vazifasini bajargani holda 
nuqul satr boshida kelgan: “qizim, alla” murojaatnomasiesa monoton mayin ohangni 
ta’minlovchi tarkibli radif bo‘lib, butun alla davomida ohang va kuyning yaxlitligini, 
yagona oqimda davom etishini ta’minlab turibdi. Sifatlovchiq ofiyadosh so‘zlarda 
onaning qizalog‘iga bo‘lgan chuqur mehri xilma-xilqiyoslash va o‘xshatishlarda 
tovlanib turadi. Shu qiyoslash va o‘xshatishlarni yuzaga keltirgan narsa va 
hodisalarning aksariyati qay bir xususiyati bilan uxlatilayotgan qizaloq xususiyatlarini 
yoki qiyofasini ochishga qaratilganqizining erka bo‘lish istagi serkaning holatini esga 
olganda jonlilik kasb etgani singarioqcha qizining “chug‘ur-chug‘yri”, zog‘cha 
“chug‘ur-chug‘uri” ni xotirga keltiradi. Shu bahona ona qizalog‘ining nafaqat tashqi 
sifatlarini (oppoqligi, go‘zalligi, chopqirligi va h.k.), balki, ma’naviyatiga xos 
yumshoqlik, vazminlik va boshqa belgilarini ham poetic ta’riflab turib, shu ijobiy 
fazilatlarni o‘z jigargo‘shasida ko‘rishni istaydi, shu istagini mehrga yo‘g‘rilgan 
pardalarda mayin kuylaydi. Onalar o‘zlari xush yoki noxushliklaridan qat’iy nazar 
farzandlariga hamisha mehribonlik qila oladilar. Shundan bo‘lsa kerak, ular 
farzandlarini erkalata turib, uyqu chaqirganlarida eng nafis ranglarni tanlashga, ularni 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 461.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling