Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova


Download 461.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana04.01.2023
Hajmi461.14 Kb.
#1077694
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida

www.scientificprogress.uz
 
Page 970
bulbulga, suqsurga , lochinga qiyoslanib, e’zozlanadi. Bunday qiyoslash aslida o‘sha 
jonivorlarga bo‘lgan samimiy munosabat zamirida tabiiylik kasb etgan
7

Ikkinchi bosqich. Bi xildagi allalarda bola taqdiri asosiy o‘rinda turadi. Lekin 
endi oila bola taqdiriga befarq qaray olmaydi. Bola taqdiriga bog‘liq o‘y-kechinmalar 
onaning shaxsiy kechinmalari fonida chuqurlasha boradi: fikr bola atrofida aylansa-da, 
unga onalik tuyg‘ulari ham aralasha boradi. Ammo bu chuqurlashuv hali bir qadar 
sayozroq, aralashuv esa bir qadar daxlsizroq kechadi. Bunga ona qalbining uyg‘ona 
boshlashi va undagi to‘lg‘anish darajasi sabab bo‘ladi. Huddi shu jarayonda alla 
ohangiga didaktik yo‘nalish-ahloqiy-tarbiyaviy qarashlar singa boradi. O‘zbek allalarida 
bola taqdiri bilan bog‘liq didaktik yo‘nalish g‘oya sezilarli ekanligini alohida ta’kidlash 
lozim
8
.
Uchinchi bosqich. Bunday allalar allago‘ylikning yuqori bosqichli mahsullari 
hisoblanadi. Chunki bu hildagi allalarda ona qalbining to‘anishlari behad chuqurlashib, 
endi u o‘z tuyg‘ulari girdobiga g‘arq bo‘lib qoladi. Natijada-eng aziz narsa-bolasini ham 
unutib qo‘yadi. o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib, bolasi borligini xayolidan soqit qiladi, 
dardlarini, tashvishlarini, yuragidan sizib chiqqan mayin, lekin bir qadar horg‘inroq 
monoton ohangdakuylab yoradi, shu monoton ohangdan taskin topganday bo‘ladi. 
O‘zbek allachiligida bu xildagi allalar ancha. Buning sababini o‘zbek onalari 
repertuarining qashshoqligi, binobarin og‘ziga qay bir qo‘shiq tushsa, unga alla 
naqoratini qo‘shib kuylagani bilan izohlash tovg‘ri emas. Bu o‘rinda 
folklorshunoslikning onalar repertuari bo‘yicha, undagi allalar soni 3-7 tagacha yetgach, 
ixtisoslashgan allachilik bosqichi shakllanadi va huddi shu davrda ona o‘z tuyg‘ulari 
asirasiga aylanadi, degan xulosa asoslidir
9
. O‘zbek allachiligida bu xildagi allalarning 
xiyla ko‘pligi sababini ham ana shu mantiqqa suyanibizohlamoq darkor. Garchi bugungi 
kunda bunday professional allachilarni uchratish qiyinroq bo‘lsa-da, har holda 2-3 
tagacha alla kuylovchilar topiladi. Ehtimol, ulug‘ Navoiy e’tirof etgan NAVOGO‘ lar 
o‘sha davrning ixtisoslashgan allachilari bo‘lganliklaridan bu xildagi allalarning 
ko‘proq yaratilishi va kengroq yoyilishiga ta’sir ko‘rsatgandirlar?! 
Shuni aytish kerakki, o‘zbek folklorshunosligida allalarning kompozitsion 
butunligini so‘z, ohang va harakat birligida, shu so‘zlarning o‘zaro mantiqiy 
aloqadorligida ko‘rish hanuzgacha ilmiy taomilga kirganicha yo‘q. Jumladan M. 
Alaviya “Alla, asosan, to‘rtlikdan tashkil topgan bo‘lsa ham, ba’zi allalovchi 
to‘lqinlanib ketsa davom ettirib, boshqa misralarni ham qo‘shib yuboradi va bir-biriga 
yaqin to‘rtliklarni aytib, bu bilan o‘zining tilak, armonini izhor etadi”
10
,-degan 
mulohaza bilan uning tarkibiy tuzilishini ma’lum ma’noda cheklab qo‘ygan. 
Haqiqatdan, to‘rtlik shaklidagi band o‘zbek allalarining yetakchi tarkibiy uzvi 
7
O. Safarov. Alla-yo alla. Toshkent, 1999 yil 140 b. 13-bet. 
8
O. Safarov. Alla-yo alla. Toshkent, 1999 yil 140 b. 14-bet. 
9
Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37 М., 1914, с. 145. 
10
Аллавия М. Ўзбек халқ маросим қўшиқлари. Тошкент: “Фан”, 1974. 132 б.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 461.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling