Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova


Download 461.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana04.01.2023
Hajmi461.14 Kb.
#1077694
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida

www.scientificprogress.uz
 
Page 969
Anga uyqu keturmakka navogo‘
3
.
Ushbu misralardan ko‘rinadiki, shoir alla aytuvchini “navogo‘” deya 
ta’riflayotir. Binobarin, “navogo‘” alla aytuvchi, ma’nosini ifodalaydi. Bu dalilning 
qimmati shundaki, Farhod tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar safida maxsus allachi yoki 
alla aytuvchi enaga ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. Ana shu tasdiq, o‘z navbatida, alla 
ijrochiligining mahsus san’at-navogo‘ylik darajasida tadrijiy takomilga erishganligini, 
shu soha bilan shug‘ullanuvchilarning navogo‘ sifatida alohida e’tibor qozonganliklarini 
yaqqol ko‘rsatdi. Jahon madaniyati taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan ana shu uch 
buyuk siymo-Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiyning bu 
guvohliklari allaning uzoq zamonlardan beri xalqimiz turmushiga, bolalar tarbiyasiga 
keng va chuqur singiganidan dalolat beradi. 
Allalarni onalar dunyosisiz , sezgilarisiz, tashvishlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, 
biroq bularning barchasi instingtiv tug‘ma sezgirlik tarzida emas, balki, ming yillar 
davomida yashagan onalarning necha-necha avlodlari yaratgan hayot tajribalari sifatida, 
ularning qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlaridan tug‘ilgan 
achchiq saboq sifatida yuzaga kelgan. Shu ma’noda allalar “onalarning instingtiv 
faoliyati natijasi bo‘lmay, balki ijtimoiy tajribalar, ijtimoiy ong mahsuli”
4
hisoblanadi. 
Ular ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir siymoda birlashgan vaqtida, asl, o‘lmas 
poeziya sifatida hamma adabiyotlarning boshlang‘ichi bo‘lib vujudga kelganlar
5
. Zotan, 
allalarda onalik mehru saxovati, dardu iztiroblari, orzu armonlari, sevgi-yu hijronlari
quvonchu o‘kinchlari, ayriliqu aldanishlaripog‘onama-pog‘ona silsilaviylikda o‘sib 
boradi. Buni rus allashunosligi onalik tuyg‘ularining uch bosqichi sifatida xarakterlab, 
ularni bir-biridan shunday ajratib ko‘rsatadiki
6
, bu holni o‘zbek allalarida ham ko‘rish 
mumkin. 
Birinchi bosqich. Bunday allalarda bolani o‘rab olgan muhit ifodasi bo‘rtib 
turadi, aniqrog‘i bola bilan bog‘liq predmetlar: beshik, belanchak va boshqalar 
ta’riflanadi. Ammo bu poetik ta’rif ona shaxsiy kechinmalaridan, onalik tuyg‘ularidan 
xoli bo‘ladi. Shunisi ham borki, bu tipdagi rus allalarida bolani uni o‘rab olgan muhit 
bilan tanishtiriishga alohida e’tibor beriladi. Shu maqsadda turli-tuman qushlar va 
hayvonlar poetik maqtovida ularning ham salbiy, ham ijobiy hususiyatlarini 
ko‘rsatishgan. O‘zbek allalarida esa, asosan, beshik yoki belanchakning maqtovi bilan 
cheklanadi. Hayvonlar, qushlar va hashoratlar poetik ta’rifidan tarkib topgan allalar 
yo‘q hisobi. Ammo o‘zbek allalarida hayvonlarning bolalari va qushlar nomi bilan 
aloqador erkalash ohangi bor: bolalar qo‘zichoqqa, toychoqqa, toyloq yoki bo‘taloqqa, 
3
Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 1960, 277-b. 
4
Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37. 1970. 
5
Горький М. Адабиёт ҳақида. Тошкентб 1967. 339- б. 
6
Ветухов А. Народные колыбельные песни. М., 1892, с. 131.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 461.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling