AllotropiyaAynan bir elementning xossalari va strukturalari tuzilishining turli ko’rinishida mavjudligi. Amorf modda


Download 88.04 Kb.
bet4/4
Sana29.04.2020
Hajmi88.04 Kb.
#102275
1   2   3   4
Bog'liq
atamalar ta'riflar


Xususiy yarim o’tkazgich Yarim o’kazgichlar hajmida donorlar va akseptorlar, kirishma atomlari yoki elek troaktiv boshqa nuq sonlar konsentratsi yasi o’ta kam bo’l gan yarim o’tkaz gichlarga aytiladi. Xususiy yarim o’tkazgichlarda erkin elektronlar konsen tratsiyasi, erkin kovaklar konsentrat siyasiga teng bo’lgan yarim o’tkazgichdir, (n=p=ni).Bunday yarim o’t kazgichlarda Fermi sathi (F) quyidagicha aniqlanadi:

Xususiy o’tkazuvchanlik Hajmida krishma atomi yoki elektro aktiv nuqsonlar miq dori berilgan tempe raturadagi xususiy zaryad tashuvchilar konsentratsiyasidan kam bo’lgan, erkin elektron va kovaklar konsentratsiyasi teng bo’lgan holdagi o’t kazuvchanlik.

Xususiy yarim o’tkazgichda Fermi sathi Xususiy yarim o’tkazgichlarda muayyan temperaturada valent zonadan o’tkazuvchanlik zonasiga qancha elektron o’tib olgan bo’lsa, valent zonada shuncha kovak hosil bo’ladi. n=p=ni bunday yarim o’tkazgichlarda Fermi sathi berylgan temperaturada Egtaqiqlangan zona energiyasi; – kovak va elektron effektiv massasi.

Xususiy foto generatsiya Foton energiyasi kristall panjaradagi valent bog’lanishlarni uzishga sarf bo’ladigan va oqibatda erkin zaryad tashuvchilar jufti (o’tkazuvchanlik zonasidagi elektron va valent zonasidagi kovak) yuzaga keladigan jarayondir.

Xususiy foto o’tkazuvchanlik Elektronlarning valent zonadan o’tkazuvchanlik zonasiga optik uyg’onishi sodir bo’lishi hisobidan yuzaga kelgan elektronlar va kovaklar hosil qilgan o’tkazuvchanlik.

Xoll hodisasi Har qanday qattiq jism elektr maydon yo’nalishiga perpendikulyar magnit maydonga kiritilganda undagi zaryad tashuvchilarning Lorens kuchi ta’sirida o’z harakat yo’nalishidan og’ishi natijasida Xoll elektr maydon kuchlanganligi paydo bo’ladi. Zaryad tashuvchilarga ta’sir qiluvchi Lorens kuchi: . Paydo bo’lgan Xoll elektr maydon zarrachalar ta’sir kuchi: .
Y

Yarim o’tkazgich Solishtirma o’tkazuvchanlik miqdori bo’yicha metal va dielektrik orasidagi material. Yarim o’t kazgichlarning me tallardan farqi, o’t kazuvchanligi tem peratura va kirish malar konsentratsi yasiga o’ta sezgir, ularda ikki hil (elek tron va kovak) tok tashuvchilar mavjud ligi.

Yuqori temperaturalio’ta o’tkazgich Bunday materiallar ning xossalari ular ning tarkibi va undagi elementlarning miq dori va olish texnolo giyasiga qarab o’ta o’tkazuvchanlik xu susiyati har xil tem peraturalarda namo yon bo’ladi. Xozirga cha olingan material larda o’ta o’tkazuv chanlik kuzatilgan eng yuqori tempera tura T=105 110 K.

Yorug’liknung yutilishi Yarim o’tkazgich sirtiga tushayotgan yorug’lik to’lqini (elektrmagnit nurlanish) oqimining bir qismi qaytadi, bir qismi o’tib ketadi, yana bir qismi sochiladi va nihoyat yana bir qismi yarim o’tkazgich hajmida yutiladi. Ana shu yutilgan fotonlar oqimi o’z energiyasini yarim o’tkazgich atomlaridagi bog’langan elektronlarga beradi, energiyaga ega bo’lgan elektron bog’langan holatdan erkin holatga o’tishi mumkin.

Yutilish koeffitsiyenti Yorug’lik oqimining qattiq jismning ma’lum qismidan o’tganda, bu oqimning e marta kamayishiga olib keladigan, masofa (qalinlik) ning teskari qiymatiga aytiladi.

Yorug’likning xususiy yutilish Fotonning energiyasi yarim o’tkazgichning taqiqlangan zonasi kengligiga teng yoki undan ortiq () bo’lgan nurlanish ta’sirida elektronlarning bog’langan holatdan (valent zonadan) erkin holatga (o’tkazuvchanlik sohasiga) o’tishiga aytiladi.

Yorug’likni kirishma atomlari tomonidan yutilishi Yarim o’tkazgichlarda yoru’glikning yutilishi undagi kirishma markazlarini ionlanish yoki uyg’onishga olib kelishi mumkin. Bunday yutilish kirishmaviy yutilish deyiladi. Bunda, yutilgan foton evaziga elektronnig kirishma atomidan o’tkazuvchanllik zonasiga yoki valent zonadan kirishma sathiga o’tishi sodir bo’ladi. Kirishmaviy yutilishni kuzatish uchun, fotonlar energiyasi kirishmaning ionlashish energiyasidan kattaroq bo’lishi kerak.

Yorug’likning panjaraviy yutilishi Nurlanish (fotonlar) enengiyasi panjara tebranishlarini uyg’otishga (qo’shimcha fononlarni paydo qilishga) sarflansa, yorug’lik panjaraviy yutiladi. Ana shu yutilishni panjaraning yorug’lik yutishi deyiladi.

Yarim o’tkazgichli diod Faqat bitta p-n o’tish asosida yaratilgan yarim o’tkazgichli asbob. Eng oddiy bunday qurilma to’g’irlagich sifatida ishlatiladi.

Yarim o’tkazgichli nur chiqaruvchi optoelektron asbob Nur chiqaruvchi yoki elektromagnit nurla-nishni elektr signaliga aylantiruvchi yarim o’tkazgichli asbob

Z

Zarra (nanotexnologiyada) 1) Kichik o’lchamdagi (mezodiapazondan boshlab) ob’ekt bo’lib, o’ziga xos bo’lgan fizik hamda kimyoviy xossalarga ega bo’lgan holda bir vaqtda fazoda ko’cha oladi. (ASTM izohiga qo’shimcha) 2) Elementar zarra va kvazizarraga qarang.

Zaryad tashuvchilar yashash vaqti Yarim o’tkazgichlar da elektronlar yoki kovaklarning o’tka zuvchanlikda qatna shish vaqti. Elektronlarning o’tkazuvchanlik zonasida, kovaklarning esa valent zonada bo’lish vaqti. Yashash vaqti elektron va kovaklarning rekombinatsiya qilinishi bilan chegaralanadi. Rekombinatsiya esa mavjud rekombinat siya markazlari (nuqsonlar) orqali amalga oshiriladi.

Zonalararo rekombinatsiya Elektronlarning o’tka-zuvchanlik sohadan valent sohaga qaytib tushishiga aytiladi. Natijada elektron-ko-vak jufti yo’qoladi.
O’

O’tkazuvchanlik zonasi Qattiq jismdagi bo’sh (to’lmagan) zonalar orasida eng quyi (energiya shkalasi bo’yicha) zona. ashqaridan ta’sir ettirilganda masalan, temperatura, yorug’ lik, elektr maydon va b.) elektronlar qabul qilishi mumkin bo’l gan, absolyut nol temperaturada esa elektronlarga ega bo’lmaydigan ruhsat etilgan zonaga ayti ladi.

O’ta o’tkazgich Ma’lum past harorat da qarshiligi sakrash bilan nolga tushadi gan qattiq jism. Bun dan tashqari yuqori temperaturada ham o’ta o’tkazgich moddalar ochilgan

O’zgarmas manbadan diffuziya Diffuziya natijasida yarim o’tkazgich sirtidagi diffuziya qilinuvchi atomlar konsentratsiyasining o’zgarishi sezilarli bo’lmasligini ta’minlovchi diffuziya manbai.

O’tkazuvchanlik zonasi elektronlari effektiv holat zichligi O’tkazuvchanlik zonasida bir birlik energiya oralig’ida (intervalida) elektronlar joylashishi mumkin bo’lgan holatlar miqdori.

SH

Shottki nuqsonlari Atomlar panjara tu gunlarini tashlab ketgach, kristall sirtiga chiqib yangi qatlam tashkil qilishi mumkin. Panjaradagi bunday nuqsonlar Shottki nuqsonidir.

Shottki bar’yeri yoki Shottki diodlari Yetarli potensial to’-siqqa ega bo’lgan metall-yarim o’tkaz-gich kontakt.

Shottki diod Metall-yarim o’tkaz-gich tutashuvidan ho-sil bo’ladigan poten-sial to’siq asosida ishlaydigan diod.
CH

Chegaralangan manbadandiffuziya Diffuziya jarayonida diffuziya manbaidagi atomlar konsentratsi yasi kamayib borishi ga mos manba.

Chegaraviy dislokatsiya Siljish vektori, dislo katsiya chizig’iga perpendikulyar bo’l gan dislokatsiyadir.

Ciqish ishi Temperatura T=0 bo’lganda elektronlarni fermi sathidan vakuumga chiqarish uchun kerak bo’lgan energiya. bilan belgilanib, eV larda o’lchanadi.
Download 88.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling