Aluminiy gidroksidning olinishi va xossalari


Download 142.56 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi142.56 Kb.
#1381688
1   2   3   4   5
Bog'liq
ALUMINIY GIDROKSIDNING OLINISHI VA XOSSALARI

Kimyoviy xossalari:
Aluminiyning yuqori temperaturada d-oilasi elementlari bilan issiqlikka chidamli qotishmalari qizdirilganda galogenidlar bilan birikib
AlGa tarkibli galogenidlar hosil qiladi. [1. 289-b]
Aluminiyning bu galogenidlari yaxshi gidrolizga uchraydi va ishqoriy metallarning gidridlari bilan birikib kompleks birikmalar hosil qiladi.
AlCl+ 4LiH = Li[AlH4] + LiCl
Aluminiy vodorod bilan to’g’ridan-to’g’ri birikmaydi. Uning vodorodli birikmalari bilvosita usul bilan hosil qilinadi. LiH ko’proq
Miqdorda olinsa u AlCl3 bilan reaksiyaga kirishib litiy alyuminogidrid hosil qiladi:
Li[AlH4] + AlCl= 4AlH3 + 3LiCl [1, 2]
Aluminiy oddiy sharoitda xlor va brom bilan yod bilan esa qizdirilganda yoki katalizator suv ishtirokida reaksiyaga kirishadi. Aluminiy yuqori temperaturada S, N2, C bilan reaksiyaga kirishadi.
Aluminiy sirtida oksid parda bo’lganligidan u suvda erimaydi. Ishqorlarda erib aluminatlar hosil qiladi:
2Al + 2NaOH + 2H2O = 2NaAlO2 + 3H2 [2, 3]
Aluminiy suyultirilgan HCl va H2SO4 kislotada eriydi. Konsentrlangan HNO3 ta’sir ettirilganda aluminiy passiv bo’lib qoladi va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, chunki aluminiy sirtida juda zich oksid parda hosil bo’lib qoladi. [3. 135-b]
Aluminiy 8000C da azot   bilan birikib aluminiy nitrid, 10000C da oltingugrt bilan birikib aluminiy sulfide, 20000C da esa uglerod bilan birikib aluminiy karbid hosil qiladi.
2Al + 3J2 = 2AlJ3
Alyuminiyning birikmalari.
Aluminiy o’zining barcha birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Al2O3 ning bir necha shakl o’zgarishlari mavjud. Bulardan eng muhimlari alfa- Al2O3 va gamma- Al2O3. alfa- Al2O3 nihoyatda barqaror va u korund mineralini hosil qiladi. Korund oq rangli kristall modda u romboedrik panjarada kristallanadi. Uning qattiqligi Moos shkalasida 9 ga teng (olmosniki 10 ga teng). Korund 20460C da suyuqlanadi. Al2O3 ning hosil bo’lish entalpiyasi H0 = - 1676 kJ/mol. Shuning uchun aluminiy juda ko’p metal oksidlaridan metalni qaytaradi:
8Al + 3Fe3O4 = 4Al2O3 + 9Fe + 3326kJ [2. 345-b]

Korund kimyoviy reagentlar ta’siriga nihoyatda jidamli modda. Xira korunddan jilvir, tigel pechlarining astarlari va boshqa o’tga chidamli buyumlar tayyorlanadi.
Jilvir uchun kerakli korund, boksitlarni elektr pechda qizdirish yo’li bilan olinadi.
Tiniq korund (yoqut ko’rinishida) kuchli nur chiqaruvchi lazerlarning tarkibiy qismi uchun ishlatiladi. Kuchli lazerdan chiqqan ignasimon yorug’lik dastasi bir necha million kPa ga teng yorug’lik bosimini yaratadi. Bular yordamida qattiq tog’ jinslarini teshish kabi ishlarni bajarish mumkin. Xozirgi vaqta yoqut ham suni’y usulda olinadi. (buning uchun kukun holidagi Al2Obilan xrom oksid aralashmasi qizdirib suyuqlantiriladi).
a-Al2O3 kubsimon panjarada kristillanadi, u yaxshi adsorbent (yani boshqa
moddalarni o’ziga singdiruvchi) sifatida xromotografiyada ishlatiladi.
Alyuminiy (I) oksid Al2O uchuvchan modda bo’lib, alyuminiy bilan Al203 aralashmasi yuqori temperaturada qizdirilganda hosil bo’ladi.
NaAlO2 – natriy metaalyuminat deb yuritiladi. Magniy metaalyuminat Mg(AlO2)tabiatda shpinel nomli mineral tarzida uchraydi.
Al3+ ioni kichik radiusli va katta zaryadli bo’lgani uchun, kuchli qutblovchi tasir ko’rsatadi. Shu sababli alyuminiy tuzlari eritmalarda suv molekulalari bilan birga kristanlanadi, maslan:
Al2(SO4)3*18H2O; Al(NO3)3*9H2O; AlCl3*6H2O.
Alyuminiy tuzlari rangsiz, suvda yaxshi eriydi(fosfat va silikatlari erimaydi). Ularning ba’zilari, chunonchi Al2S3, Al(CH3COO)3, to’liq gidrolizlanadi. Kuchli kislotalarning alyuminiy tuzlari (alyuminiy sulfat, alyuminiy nitrat) ham suvda gidrolizlanadi, ular kislotali reaksiya namoyon qiladi, masalan:
Al2(SO4)+ 2H2O = H2S04+ 2Al(OH)SO4
Alyuminiy sulfat suvni tozalashda qog’oz ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Agar alyuminiy sulfat eritmasiga K2SOyoki (NH4)SO4 qo’shib , hosil bo’lgan aralash eritma bug’latilsa, kaliyli yoki ammoniyli achchiqtosh kristallanadi. Achchiqtoshlar
kaliy, ammoniy va alyuminiy sulfatlardan iborat qo’shaloq tuzlaridir:
K2SO4*Al2(SO4)3*24H2O va (NH4)SO4*Al2(SO4)3*24H2O
Achchiqtoshlar sanoatda, tibbiyotda, qandoatchlikda ishlatiladi.
Alyminiy xlorid AlCl3(yoki Al2Cl6)-ko’pincha organik sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi.
Alyuminiyning bir qancha organik birikmalari ma’lum. Masalan, trietilalyuminiy Al(C2H5)3 etilendan polietilen olishda katalizator sifatida ishlatiladi.

Download 142.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling