Aluminiy gidroksidning olinishi va xossalari


Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari


Download 142.56 Kb.
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi142.56 Kb.
#1381688
1   2   3   4   5
Bog'liq
ALUMINIY GIDROKSIDNING OLINISHI VA XOSSALARI

Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari.
Alyuminiy gidroksid Al(OH)3-oq qattiq modda, suvda amalda erimaydi.

Bilvosita yo’l bilan alyuminiy tuzlariga ishqorlarning eritmalarini tasir ettirib olinadi:
AlCl3+3NaOH = Al(0H)3+3NaCl
U pH=4. 1-6. 5 qiymatga ega bo’lgan kuchsiz kislotali muxitda cho’kadi;uning eruvchanlik ko’paytmasi :
[Al3+] * [OH-]=8*10-32 mol*l-1 dir
Al(OH)3 –haqiqiy amfoter gidroksid. Kislotalar bilan o’zaro tasirlashganda tarkibida alyuminiy kationlari bor tuzlar hosil qiladi; ishqorlarning eritmalari (mo’l miqdordagi) bilan o’zaro ta’sir ettirilganda alyuminatlar, ya’ni alyuminiy anioni tarkibiga kiradigan tuzlar hosil qiladi. Masalan:
Al(OH)3+3H+ = Al3++3H2O
Al(OH)+ OH-+2H2O=[Al(OH)4(H2O)2]-
Al(OH)3 ning dissotsiyalanish tenglamasidan ko’rinib turibdiki, H+ionlari mo’l bo’lganda (ya’ni kislotali muhitda) suvdagi eritmada Al3+ionlari ko’p bo’ladi, ishqoriy muhitda esa asosan bir zaryadli anion [Al(OH)4(H2O)2] hosil bo’ladi, u eng barqarordir.
Laboratoriya mashg’ulotlarida alyuminiy gidroksidning bo’yoqlarni adsorbsiyalashi aniqlanadi, buning uchun alyuminiy tuzlaridan uning gidroksidi hosil qilinadi. Cho’kma filtirlanadi va uni filtr ustida suv bilan yuviladi. Voronka ustiga toza stakancha qo’yib, alyuminiy gidroksidi filtr orqali och rangli anilinli siyoh eritmasini (yoki biror bir organik bo’yoq, masalan, metil binafsha) o’tkaziladi. Filtirlash jarayonida eritmaning rangsizlanishi kuzatiladi. Eritmaning rangsizlanishiga sabab bu yerda adsorbsiya jarayoni kuzatiladi , ya’ni alyuminiy gidroksid bu moddalardagi rangni yutadi.
Alyuminiy birikmalarini ahamiyati
Alyuminiy oksidi Al2O3 ning tabiatda kiristall holatda uchraydigan turi korund deb ataladi. Qum aralashdan mayday korund ‘jilvir’ deyiladi. Ozgina xrom qo’shimchasi bo’lgan korund kiristallari ‘yoqut‘ deb ataladi.
Alyuminiy ko’p ishlatiladiga soxa aviatsiya sanoatidir. Samolyotlar 2\3 qismi alyumiydan va alyuminiy qotishmalardan yasaladi. shuning uchun alyuminiyni qanotli metal ham deyiladi. Alyuminiydan kabellar , simlar tayyorlanadi. Mis bilan elektr o’tkazuchanligi juda yaqin bo’lgan alyuminiy buyumlarning massasi mis buyumlarnikidan ikki marta yengil bo’ladi.
Alyuminiy korroziyaga uchramasligi sababli undan mashinasozlikda turli detallar, nitrat kislota tashiladigan idishlar yasaladi. Avtobus, trolleybus va vagonlarning korpuslari alyuminiydan yasaladi. Alyuminiydan oziq-ovqat sanoatida turli xil idishlar va choynaklar yasaladi.
Alyuminiy va uning qotishmalari harbiy soxada tanksozlikda, artilleriyada, portlovchi moddalar, yorutuvchi va yondiruvchi snaryadlar tayyorlashdaham ishlatiladi.
Temir buyumlarni korroziyada saqlash uchun ularning sirti alyuminiy kukunidan tayyorlangan kumushsimon bo’yoq bilan qoplanadi.
Metallurgiyada ko’pgina metallar alyuminiy yordamida ajratib olinadi. U ko’pchilik metallarning oksidlaridan kislorodni tortib olidi. metallarning ularning oksidlaridan alyuminiy yordamida qaytarib olish usuli alyiminotermiya deyiladi:
Al+Cr203=Cr+Al203




XULOSA
Alyumniy o’ksidi Al2O ning tabiatda Kristal xolatda uchraydigan turi korund deb ataladi. Qum bilan aralashmasidan jilvir tayyorlanadi. Ozgina xro’m qo’shimchasi bo’lgan korund kristallari yoqut deyiladi.
Alyumniy kop ishlatiladigan soxa aviatsiya soxasidir. Samolyo’tlar 2/3 qismi alyumiydan va alyuminiy qotishmalardan yasaladi. shuning uchun alyuminiyni qanotli metal ham deyiladi. Alyuminiydan kabellar , simlar tayyorlanadi. Mis bilan elektr o’tkazuchanligi juda yaqin bo’lgan alyuminiy buyumlarning massasi mis buyumlarnikidan ikki marta yengil bo’ladi.
Alyuminiy korroziyaga uchramasligi sababli undan mashinasozlikda turli detallar , nitrat kislota tashiladigan idishlar yasaladi. Avtobus , trolleybus va vagonlarning korpuslari alyuminiydan yasaladi. Alyuminiydan oziq-ovqat sanoatida turli xil idishlar va choynaklar yasaladi.

Download 142.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling