Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Muzeylarni boshqarish


Download 77.75 Kb.
bet3/14
Sana29.04.2023
Hajmi77.75 Kb.
#1400028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
muzeylar qonuni

2-bob. Muzeylarni boshqarish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirishga doir dasturlar va qarorlar qabul qiladi;
muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
davlat muzeylarining toifalarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat muzeylarining toifalari to‘g‘risida”gi nizom.
Milliy muzey fondi to‘g‘risidagi va Milliy muzey fondining Davlat katalogi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondi to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondining Davlat katalogi to‘g‘risida”gi nizom.
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
muzey mutaxassislarini tayyorlash hamda muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzey mutaxassislarini tayyorlash, muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(4-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 77.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling