Amaldagi versiyaga o‘tish


-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarish


Download 77.75 Kb.
bet6/14
Sana29.04.2023
Hajmi77.75 Kb.
#1400028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
muzeylar qonuni

9-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarish
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tegishli fakt Milliy muzey fondining Davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarilgan hisoblanadi.
10-modda. Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritish
Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga bo‘lgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari, shu jumladan mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish mazkur harakatlar Milliy muzey fondining Davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
11-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha olib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining fuqarolik muomalasi xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xabardor qilingandan keyin tasarrufdan chiqarilishi yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey kolleksiyasi bo‘linmasdir.

Download 77.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling