Amaldagi versiyaga o‘tish


-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibidan chiqarish


Download 77.75 Kb.
bet9/14
Sana29.04.2023
Hajmi77.75 Kb.
#1400028
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
muzeylar qonuni

20-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibidan chiqarish
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari yo‘qolgan yoki yemirilgan hollarda ularni Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibidan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash
Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi holati ustidan davlat nazorati
Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi holati ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holatini hamda ularni saqlash sharoitlarini tekshirish;
nodavlat muzeylariga biriktirib qo‘yilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mulkdori oldiga ularni saqlash joyini o‘zgartirish yoki ularni tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan so‘rovnomalar yo‘llash hamda axborot olish.
23-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga oid bitimlar
Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bo‘yicha oldi-sotdi yoki hadya bitimlari tuzilganda sotib oluvchi yoki hadya oluvchi ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan sotuvchi yoxud hadya qiluvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi shart. Mazkur ashyolar va kolleksiyalarning oldi-sotdisida davlat imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari vasiyat yoki qonunga binoan meros qilib olinganda merosxo‘r ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan meros qoldiruvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi shart. Bu majburiyatlardan bosh tortgan taqdirda, merosxo‘r mazkur muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda sotishi yoki boshqa bitim tuzishi mumkin. Bu holda davlat imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sotib oluvchi, hadya oluvchi yoki merosxo‘r Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga nisbatan o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlamasa, davlat ushbu ashyolar va kolleksiyalarni qonunchilikka muvofiq haqini to‘lab olishni amalga oshirish huquqiga ega.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga oid ushbu moddada nazarda tutilgan bitimlar Milliy muzey fondining Davlat katalogida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini davlat tomonidan imtiyozli sotib olish huquqi yoki haqini to‘lab olish huquqini ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoki uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)

Download 77.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling