Amaldagi versiyaga o‘tish
-bob. Muzeylarni tashkil etish
Download 77.75 Kb.
|
muzeylar qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-modda. Muzeylarni tashkil etish shartlari
- 26-modda. Muzeylarning turlari va toifalari
6-bob. Muzeylarni tashkil etish
24-modda. Muzeylarni tashkil etish maqsadlari Muzeylar quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi: muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini aniqlash hamda to‘plash; madaniy, ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini o‘rganish; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini e’lon qilish. Muzeylarni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan tashqari boshqa maqsadlar uchun tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 25-modda. Muzeylarni tashkil etish shartlari Muzeylarni tashkil etish uchun quyidagi shartlar majburiydir: muzey tematikasiga muvofiq muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mavjudligi; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob beradigan moddiy-texnik bazaning, shu jumladan bino (xona yoki xonalar), zarur ko‘rgazma jihozlari, muhofaza vositalari hamda yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi; muzey faoliyatini ta’minlash uchun zarur moliyaviy mablag‘larning mavjudligi. Oldingi tahrirga qarang. Muzey-qo‘riqxonalarni tashkil etish uchun qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha shartlar belgilanadi. (25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 26-modda. Muzeylarning turlari va toifalari Mulk shakliga ko‘ra davlat va nodavlat muzeylari tashkil etilishi mumkin. Ixtisoslashuviga ko‘ra muzeylar: asosiy faoliyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzeylarga; Oldingi tahrirga qarang. asosiy faoliyati tarixiy-madaniy qo‘riqxona va u bilan bog‘liq tabiiy landshaft tarkibiga kiradigan moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzey-qo‘riqxonalarga bo‘linadi. (26-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) Davlat muzeylari ahamiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan toifalarga bo‘linadi. Download 77.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling