Amaldagi versiyaga o‘tish


-modda. Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi


Download 77.75 Kb.
bet11/14
Sana29.04.2023
Hajmi77.75 Kb.
#1400028
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
muzeylar qonuni

27-modda. Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Muzeylar qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 424950 va 53-moddalari hamda Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan “Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
271-modda. Muzeylarning faoliyat turlari
Muzeylar qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan muzeylarni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin. Bunda muzeylar tomonidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi ta’minlanishi kerak.
(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi O‘RQ-732-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/732/1098-son)
28-modda. Muzeylarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muzeylarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat muzeylarini moliyalashtirish ularning mulkdori mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat muzeyi joylashgan bino boshqa tashkilotlarga berilgan taqdirda ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilgan davlat organi davlat muzeyini teng qiymatdagi bino bilan ta’minlashi hamda mazkur muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini, shuningdek ko‘rgazma jihozlarini ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muzeylariga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, xayriyalardan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun budjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmaydi va ushbu mablag‘lar hisobiga budjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmaydi. Bunda ko‘rsatilgan mablag‘lardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi O‘RQ-732-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/732/1098-son)

Download 77.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling