13-modda. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga bo‘lgan mulk shakllari
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari xususiy hamda ommaviy mulk shakllarida bo‘lishi mumkin.
4-bob. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi
14-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibi
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga, kimning egaligida turganligidan qat’i nazar, davlat mulki bo‘lgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muzeylari, boshqa davlat muassasalari tomonidan muassislar mablag‘lari yoki o‘z mablag‘lari yoxud boshqa mablag‘lar hisobidan olinadigan, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usulda olinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiradi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish mumkin emas, ularning yo‘qolishi, yemirilishi yoki boshqa muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga ayirboshlanishi hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |