Amaldagi versiyaga o‘tish


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari


Download 77.75 Kb.
bet5/14
Sana29.04.2023
Hajmi77.75 Kb.
#1400028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
muzeylar qonuni

6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda o‘z hududida joylashgan muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishini ta’minlaydi;
o‘z hududidagi davlat muzeylarini moliyalashtirish miqdorini o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
3-bob. Milliy muzey fondi
7-modda. Milliy muzey fondining tarkibi
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari O‘zbekiston xalqi madaniy merosining ajralmas qismidir.
Milliy muzey fondi Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismidan va davlatga tegishli bo‘lmagan qismidan iboratdir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining fuqarolik muomalasiga faqat ushbu Qonunda belgilangan cheklashlarga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi.
8-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Milliy muzey fondining Davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari — mulkdoriga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Download 77.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling