Amaldagi versiyaga o‘tish


-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolarini va muzey kolleksiyalarini boshqarish


Download 77.75 Kb.
bet8/14
Sana29.04.2023
Hajmi77.75 Kb.
#1400028
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
muzeylar qonuni

16-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolarini va muzey kolleksiyalarini boshqarish
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari operativ boshqarish huquqi asosida davlat muzeylariga, boshqa davlat muassasalariga biriktirib qo‘yiladi.
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini operativ boshqarish topshirilgan davlat muzeylari, boshqa davlat muassasalari:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining jisman but saqlanishi hamda xavfsizligini;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bilan bog‘liq hisobga olish hujjatlarining — yuritilishi hamda but saqlanishini;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, ma’rifiy hamda ta’lim — maqsadlarida foydalanilishini ta’minlashi shart.
17-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi holati ustidan davlat nazorati
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi holati ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holatini hamda ularni saqlash sharoitlarini tekshirish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan so‘rovnomalar yo‘llash hamda axborot olish.
5-bob. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi
18-modda. Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibi
Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan xususiy mulk bo‘lgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari kiradi.
19-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritish
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritish belgilangan tartibda ularning mulkdori arizasi asosida amalga oshiriladi.

Download 77.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling