Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


-rasm. Odamlarni og’ir (a), yengil (b), oddiy (v, g) qadam tashlashida va


Download 1.67 Mb.
bet84/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

3.7-rasm. Odamlarni og’ir (a), yengil (b), oddiy (v, g) qadam tashlashida va


yugurishida (d) ko’ndalang kuchlanishni taqsimlanish sxemasi

Bosim, harakatlanish tezligi bilan bevosita bog’liq - odam qancha tezroq harakatlansa, shuncha inertsiya kuchi va bosimi katta bo’ladi. Odamni harakatlanishida tayanch yuzaga ta'sir etadigan kuch, dinamik koeffitsent


q = Q /P bilan ifodalaniladi,



142

Yengil poyabzalda sekin yurganda q = 1, og’ir poyabzalda q = 1,23, tez yurganda q = 1,5, chopishda fl = 1,8, sakrashda q = 3 gateng.


Yuk bilan harakatlanishda dinamik koeffitsient yanada ortadi, chunki yuk tebranishda ishtirok etib dinamik kuchni oshiradi. Charchagan odamni yurishi, dinamik kuchlanishni pasaytiradi, chunki bu holda qadam qisqaradi, og’irlik markazi pasayadi va tebranish amplitudasi kam bo’lib qoladi.


Turli poshna balandligiga ega poyabzalda yurish oyoq panjasini tayanchga bo’lgan bosimi simobli datchiklar yordamida o’rganilgan. Natijada, oyoq panjasini harakterli qism nuqtalari va poyabzal poshna balandligiga bog’liq bosim, yurishda nuldan ma'lum miqdorgacha o’zgarishi aniqiangan.


Qanday poshna balandligidan qat'iy nazar, tik turishda eng katta bosim tovon suyagining do’mbog’i tagida. beshinchi kaft suyagining boshchasida va bosh barmoqni tagida kuzatiladi. Poshna balandligini o’zgarishi bilan tayanch davr davomiyligi oshadi va panja qismlarini tayanchga bo’lgan bosim harakterini o’zgarishga olib keladi.


V.E.Gorbachik, K.I.Kulpin, Yu.P.Zibin poyabzalning tag qismini to’rt bo’lakga bo’lib tadqiqot o’tkazishgan. Har bir qismga bosim datchik o’rnatilgan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turish paytida, tanani massasi ta'sirida, bosim ikki oyoqga tekis taqsimlangan, barmoq qismida esa, bosim qayd qilinmagan. Poshna balandligi oshishi bilan tovon va kaft-barmoq bo’g’imi oraliqidagi bosim, ba'zi qayta taqsimlanishiga egaiigi kuzatiladi (3.1.jadval).


















Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling