Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
-rasm. Oyoqni tovondan tayanchga o’tkazishda panjani dumalash sxemasi
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
3.16-rasm. Oyoqni tovondan tayanchga o’tkazishda panjani dumalash sxemasi
3.17-rasm. Fanja - poyabzal sistemasini tayanch holat varianntlari Misolda ko’rsatilgan sxemalar asosida taglikning nazariy konstruktsiyasini quyidagi: lateral harakatlar ta'sirini yo’qotuvchi panjani tayanchga qulay tegish sharoitini yaiatadigan ko’ndalang yo’nalishdagi ponasimon shaklga ega taglik qo’llanilishi (3.17,a-rasm); oyoq panjasini tashqi tomonga burilishini oldini olish uchun taglikni tayanch yuzasini tashqi tomonini ko’ndalang o’lchamlarini qalinlishtirish (3.18,b-rasm) kabi variantlari bo'ladi. Bu holatda dastlabki tayanch nuqtasini, ta'sir kuchi F chizigiga nisbatan o’ngroqqa ko’chirish imkoniyatini beradi. Natijada kuchlami 3.17,a-rasmdagi sxema bo’yicha joylashishiga imkon beradi. Endi panja bilan poyabzal o’rtasidagi ichki ta'simi, kuchlar ta'siri nuqtai nazaridan ко’rib chiqamiz. Poyabzal, moment kuchi М2 ta'siri ostida, tayanch nuqtasiga zarb bilan tekganda, panjaning F kuchi, dastlabki tegish nuqtasi E ga nisbatan burilib, yangi xolatni egallashga intiladi (3.19-rasm). Poyabzalning bunday xolati panjani tayanch yuzasiga nisbatan mustaxkam bo’lmagan xolatini yuzaga keltiradi, bu esa uning tashqi yuzasini ba'zi qismlariga sirtdan bosim kuchlari hosil bo’lishiga olib keladi (N kuch). Panjaning maustaxkam holatini qaytarish uchun, tashqi tomondan unga tayanch hosil qilish kerak (3.19,a-rasm shtrixlangan). Tegishli konstruktsiyadagi ichpatak, maxsus konstruktsiyadagi patak, yoki qalinligi, 3.19,b-rasmda shtrixpunktir chiziq bilan ko’rsatilgandek, o’zgartirilgan taglik bunday tayanch vazifani bajarishi mumkin. Bunday holatda tagliklami maxsus materiallar kompozitsiyalarini yaratish kerak bo’ladi. Bu taglikning materiallari, plantogrammaning L qismida (3.16-rasmga qarang), ichki tomonida katta, tashqi tomonida esa kichik bikirlikga ega bo’lishini taqozo etadi. Berilgan konstruktiv echim poyabzalning ko’ndalang mustahkamligini yuqori darajada ta'minlashga xizmat qiladi. Yugurishda tezlikning oshishi tufayli oyoqni tayanchga qo’yilishi tumshuq tomondan boshlangani ma’qul. Bu usul yugurishning ratsional texnikasini ta'minlaydi. 3.20,a-rasmda panjaning tumshuq-tutam itariiishdagi tayanch holati ko’rsatilgan. Tayanish davrida boldir bo'ylab ta'sir etayotgan F kuch, dumalayotgan panja qarakat yo’nalishiga qarama-qarshi moment M q F12 kuchini hosil qiladi. Boldir mushaklari tomonidan Q kuch Ml q Qll momentni hosil qilib, oldin moment Mni muvozanatlashtiradi, keyin esa panjani pastki chekka holatdan boshlab, dumalashiga xizmat qiladi. Oyoq panjasini bunday bosish texnikasini ishlab chiqish, panjani dumalash paytida ko’p vaqt yo’qotilishiga, hamda boldir orqa guruhi mushaldarining ko’p hajmda ishlashiga olib keladi. a |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling