Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


-rasm. Bir-ikki va ko’p bo’g’irali


Download 1.67 Mb.
bet25/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

1.15-rasm. Bir-ikki va ko’p bo’g’irali

1.16-rasm.Oyoq panjasi kuch richagi

mushaklar

sifatida

Ikkinchi turkumdagi richaglar ikki xilga ajratiladi. Birinchisi «kuch richagi» deb nomlanadi. U mushak tortish kuch yelkasini, og’irlik kuch yelkasidan kattaligi bilan ifodalanadi. Bunday richag, oyoq panjasini barmoqga tayanib, tovonni ko’tarilishi misol bo’la oladi (1.16-rasm). Kaft suyagining distal boshchasi tayanch nuqtasi bo’lib, agar tovon suyagidan boldirni uch boshli mushak yo’nalishini to’g’ri chiziq deb belgilab olingan yelkasi, og’irlik kuchiga nisbatan katta bo'lsa, oyoq panjasini aylanish o’qi, mushakning tortish kuchini ifodalaydi. Og’irlik kuchi boldir suyaklari orqali panjaga o’tib, oshiq suyagini bosadi va panjani pastga tushishiga ta'sir ko’rsatadi. Bunday turdagi richagni harakati nisbatan chegaralangan, ammo ishlash uchun qulay sharoit yaratib, kuch samaradorligini oshiradi.


Ikkinchi turkumdagi richagning ikkinchi xili (1.17-rasm) «tezlik richagi» dab atalish qabul qilingan. U mushakni tortish kuchi, aylanish o’qiga yaqin joylashgan bo’lib, aks ta'sir etuvchi og’irlik kuchiga nisbatan qisqaroq yelkaga ega. Masalan, bilakni bukish paytida teng ta'sir etuvchi kuch tirsak bo’g’imining ko’ndalang o’qini old qismida bo’ladi. Bu teng ta'sir etuvchining yelkasi tahminan 20mm. ga teng, og’irlik kuchining yelkasi esa - 200m/w. ga yaqin, ya'ni qarshilik kuch yelkasi, mushak kuch yelkasiga nisbatan taxminan 10 baravar ko’p. Bilakni bukuvchi kuch taxminan 16007V. Moment tengligidan 1600 * 20 = X * 200 kelib chiqib, odam X = 160H massaga ega yukni ushlab turish qobiliyatiga ega deyish mumkin.


Bunday ikkinchi turkumdagi richagning ko’tarish kuchida yutqazilsa, yutug’i harakatning ampletudasi va tezligidadir. Harakat jihatidan, qo’l panjasini bilak bo’g’imida bukish, Oyoq panjasining tovonini ko’tarishga nisbatan, katta ampletudada va tezlikda amalga oshiriladi. Lekin tovonni barmoqga nisbatan ko’tarishda odam butun


tana og’irligi(massasi)ni, qo’l panjasi esa ancha kam massani ko’tarishga

mo’ljallangan.



f l b '

I





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling