Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet33/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

Qon tomirlari. Arteriya, kapillyar va venalar kabi uch turdagi qon tomirlari mavjud. Ular ham tuzilishi, ham vazifasi bilan bir biridan farqlanadi.



  1. r t e r i у a deb, qonni yurakdan a'zolarga uzatuvchi tomirlarga aytiladi. Arteriyalar: tashqi, o’rta va ichki qavatlardan iborat, nisbatan qalin devorlarga ega qon tomirlar hisoblanadi. Tashqi qavati birlashtiruvchi - to’qimadan; o’rta qavat esa - elastik tolalardan iborat, silliq mushak to’qimadan tashkil topgan. Bu qavatni qisqarishi, qon tomiridagi tirqishini kamayishiga olib keladi. Ichki qavat, qon tomirlarning tirqish tarafida yotadigan, bir qavat yassi hujayra bilan to’shalgan, endoteli deb ataluvchi birlashtiruvchi to’qimadan tashkil topgan.

Arteriyalar har xil kalibr(diametr)ga ega: ular yurakdan qancha uzoqda joylashishiga qarab diametri kamayib boradi. Har bir a'zo ichida arteriya maydaroq butoqlarga bo’linadi. Arteriya tomirlarining eng maydasi a r t e r i о 1 lar deb ataladi va ular o’z navbatida kapillyarlarga bolinadi.





    • ap i l l y a r lar, mikroskop yordamida kuzatiladigan, eng mayda qon tomirlari hisoblanadi. Kapillyarlar tirqishi o’zgaruvchan bo’lib, diametri l-Smkm., uzunligi esa - QAmm. dan oshmaydi. Ularning soni juda ko’p va har bir a’zoning 1 mm2 to’qimasida bir necha yuzlab kapillyarlar mavjud. Butun tana kapillyarlarining diametri yig’indisi aorta diametridan 600-800 marotaba katta. Kapillyar devorlari bir qavat hujayradan iborat bo’lib. qon va to’qimalar orasidagi modda almashinuvi faqat shu yerda sodir bo’ladi. Qon kapillyar devorlari orqali to’qimalarga ozuqa moddalari va kislorodni, hamda to’qima suyuqligi va limfa tashkil qiluvchi qonning plazmasini yetkazib beradi; to’qimadan esa - karbonat angidrid va boshqa almashinuv maxsulini qonga o’tkazadi. Natijada arterial kapillyarda vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga yig’iladi.



V e n a l a r - a'zodan yurakka boruvchi qon tomirlari hisoblanadi. Venalar, arteriyalar kabi, uch qavatdan iborat devorlarga ega, ammo elastikligi va mushak tolalari
kam, shuning uchun vena, arteriyaga nisbatan, kam taranglikga ega. Arteriyadan farqli ravishda venalarda klapanlar mavjud. Ular faqat qon yo’nalishi tarafga, qonni yurak tomonga harakati an ishga xizmat qiladi. Vena tomirlarining eng mavdalari - venulalar deb ataladi. Vena qon tomirlarining diametri yurakka yaqinlashish darajasiga qarab kattalashib boradi.

Bizning tanamiz bir nechta qon tomirlari yordamida qon bilan ta'minlanadi. Ulardan eng kattalari asosiy, ingichka o’lchamdagilar esa - qo’shimcha (kollateral) qon tomirlari hisoblanadi. Odam tanasidagi, anastomoz deb nomlanuvchi. birlashtiruvchi. ya'ni qo’shimcha, tomirlar yordamida, bir-birlari bilan ulangan. Anastomozlar vena tomirlar orasida ham mavjud. Agar biron bir a'zoning shikastlanish natijasida bitta tomirda qon to’xtab qolsa. boshqa tomirladan keluvchi anastomozlarda qon oqimi oshadi va a'zoning shikastlangan qismiga qon yetkazib turadi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling