Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet36/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

N e г v I a r. Birlashtiruvchi to’qima bilan o’ralgan nerv tolalari bir bog’lamga yig’ilgan bo’ladi.

Bir xil nervlar tarkibiga ko’pincha harakatlantiruvchi (yoki markazdan qochuvchi) nerv tolalari kiradi. Nerv yadrolaridan iborat tolalarning o’simtalari harakatlantiruvchi nervlar hisoblanadi. Bunday yadrolar bosh va orqa miyalarda joylashgan. Boshqalari esa - sezuvchi (yoki markazga intiluvchi) nerv tolalaridan iborat. Sezuvchi nerv tolalari, shu nervlar boylamlarini tashkil qilib, nerv hujayralari hisoblanadi. Ko’pchilik nerv tarkibiga ham harakatlantiruvchi, ham sezuvchi nerv tolalari kiradi. Ularni aralasli nervlar deb atashadi.


Harakatlantiruvchi nerv tolalarinig uchlari a'zolarga borib (masalan, mushaklarda) tugaydi, sezuvchilar esa - uchlari teriga boradi va ular retseptorlar deyiladi. Hamma a'zolar nervlar bilan ta'minlangan, ya'ni nervlashtirilgan yoki innervatsiyalangan deb aytish qabul qilingan. Nervlar vositasida markaziy nerv sistemasi hamma a'zo va to’qimalar bilan bog’langan.


N e r v t o ’ q i m a l a r i n l n g a s o s i y x o s s a l a r i . Tirik to’qimaning har qaysisi, har xil ta'sirga javob berish, ya'ni qo’zg’alish qobiliyatiga ega. To’qimaning bu xossasi qo’zg’aluvchanlik (vozbudimost) deyiladi. Qo’zg’aluvchanlik ta'siri, hosil bo’lgan joy da qolmay, nerv tolalariga uzatilishi, nerv to’qimalarini muhum xossasi

hisoblanadi. Nerv to’qimalarini ta'sirini o’tkazish

qobiliyati o’tkazuvchanlik

(provodimost) deb ataladi.










Olimlar turli usullar

yordamida, nerv qo’zg’aluvchanligining taqsimlanish

qonuniyatini aniqlagan. Natijada baqada (lyagushka)

nerv qo’zg’aluvchanligi

23-

llm /sek tezlikda o’tkazilishi

aniqlangan. Odamda nerv

qo’zg’aluvchanligi esa -

nerv

tolalarini qalinligiga qarab 0,5 dan \00m/sek gacha tezlikda uzatiladi.

Nervlarda har bir nerv tolalari bo’ylab alohida qo’zg’aluvchanlik uzatiladi. Bitta nerv tolasini qo’zg’aluvchanligini uzatilishi boshqa yonma-yon joylashgan nerv tolalariga ta'sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun nervning hamma tolalari bo’ylab emas, balki ularning ma'lum tolalaridan qo’zg’aluvchanlik uzatiladi, natijada faqat ma'lum mushaklarning tolalarigina qisqaradi.


Qo’zg’atuvchanlikni uzatilishining zaruriy sharti nervlami butunligidadir. Nervni butunligini buzilishi (yaralanish, shikastlanish va boshqalar) tufayli, qo’zg’aluvchanlik


shikastlangan joydan o’tmay qo’yadi, natijada shu nerv bilan ta'milanadigan a'zo o’z vazifasini bajarmaydi. Masalan: mushaklarga boruvchi. harakatlanuvchi nervlarni shikastlanishi, o’sha mushakni shol bo’lib qolishiga; terini nerv bilan ta'minlaydigan sezish nervlarini shikastlanishi esa uning sezuvchanligini yo’qolishiga olib keladi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling